Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 2
(1-11)

Mana bu sirga binoan Sunnati Saniyaga iqtidoni o’ziga odat qilgan, odatini ibodatga aylantiradi, butun umrini samarador va savobdor qilishi mumkin.

Ikkinchi Nuqta: Imomi Rabboniy Ahmadi Faruqiy (R.A.) deganki: «Men sayri ruroniyda martabalarga yuksalarkanman, tabaqayi avliyo ichida eng porloq, eng hashmatli, eng latofatli, eng ishonchli; Sunnati Saniyaga ittiboni, asosi tariqat qabul etganlarni ko’rdim. Hatto u tabaqaning omiy avliyolari, boshqa tabaqaning xos valiylaridan yanada muhtasham ko’rinayotgan edi.» Darhaqiqat ming yillik mujaddidi Imomi Rabboniy (R.A.) to’g’ri aytmoqda. Sunnati Saniyani asos tutgan, Habilullohning soyasi ostida maqomi mahbubiyatga mazhardir.

Uchinchi nuqta: Bu faqir Said, eski Said holatidan chiqishga harakat qilgani bir zamonda, rahbarsizlikdan va nafsi ammoraning g’ururidan g’oyat mudhish va ma`naviy bir to’fon ichida aql va qalbim haqoiq ichida chalqandilar. Goh surayodan saroga, goh sarodan surayoga, qadar bir qulash va yuksalish ichida chalqalanayotgan edilar.

Mana o’sha zamon mushohada etdimki: Sunnati Saniyaning masalalari, hatto kichik odoblari, kemalarda xatti harakatni ko’rsatadigan qiblanomali bir bir kompas kabi, hadsiz zararli, zulumotli yo’llar ichida bir-bir nishona hukmida ko’rar edim. Ham u sayohati ruhiyada ko’p tazyiqot ostida g’oyat og’ir yuklar yuklangan bir vaziyatda o’zimni ko’rganim zamonda, Sunnati Saniyaning u vaziyatga tegishli masalalariga ittibo ettikcha, mening butun og’irliklarimni olayotganday bir yengillik topar edim. Bir taslimiyatla qarorsizlikdan va vasvasalardan, ya`ni «Ajabo bunday harakat to’g’rimidir, maqsudmidir?» deya andishalardan qutilar edim. Qachonki qo’limni tortsam, qarar edim: Tazyiqot ko’p. Qayerga ketganlari tushunilmagan ko’p yo’llar bor. Yuk og’ir, men ham g’oyat ojizman. Nazarim ham qisqa, yo’l ham zulumotli. Qachonki Sunnatga yopishsam, yo’l oydinlashadi, salomatli yo’l ko’rinadi, yuk yengillashadi, siqilishlar ko’tarilishi kabi bir holat his etar edim. Mana o’sha vaqtlarimda Imomi Rabboniy hukmlarini bilmushohada tasdiq etdim.

To’rtinchi nuqta: Bir zamon robitayi mavtdan va اَلْمَوْتُ حَقٌّ hukmidagi tasdiqdan va olamning zavol va fanosidan kelgan bir holati ruhiyadan o’zimni ajib bir olamda ko’rdim. Qarasam: Men bir janozaman, uch muhim buyuk janozaning boshida turibman.

Birisi: Mening hayotimla aloqador va moziy qabriga kirgan zihayot maxluqotning hay`ati majmuasining janozayi ma`naviyasi boshida bir mozor toshi hukmidaman.

Аудио мавжуд эмас