Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 1
(1-13)

O’n To’rtinchi Lam`a

 

(Ikki maqomdir. Birinchi maqomi ikki savolning javobidir.)

 

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

 

Aziz siddiq qardoshim Raf`at Bey!

Ho’kiz va Baliqga doir so’ragan savolingning ba`zi risolalarda javobi bordir. U navi savollarga ko’ra javob Yigirma To’rtinchi So’zning O’ninchi Qismida O’n ikki Asos nomi ila o’n ikki muhim qoida bayon etilgandir. U qoidalar hadisi Nabaviyaga doir turli xil ta`vilotga bir-bir miq`yosdirlar va hadisga kelgan vahimalarni daf etadigan muhim asoslardir. Afsuski hozircha sunuhotdan boshqa ilmiy masala ila shug’ullanishimga mone` ba`zi hollar bor. Shuning uchun savolingizga ko’ra javob berolmayman. Agar sunuhoti qalbiya bo’lsa, bilmajburiya mashg’ul bo’laman. Ba`zan savollarga, sunuhot tavofuq etgani uchun javob beriladi, xafa bo’lmanglar. Shuning uchun har bir savolingizga loyiqicha javob berolmayman. Mayli bu dafagi savolingizga qisqa bir javob beraman.

Bu dafagi savolingizda deyapsizki: «Domlalar deydilar: Yer, ho’kiz va baliq ustida turadi. Holbuki Yer, muallaqda bir yulduz kabi kezishini Jo’g’rofiya ko’moqda. Na ho’kiz bor va nada baliq?»

Aljavob: Ibni Abbos (r.a.) kabi zotlarga tayanilgan sahih bir rivoyat borki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan so’raganlar: «Dunyo nima ustidadir?» Farmon etgan: عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ Bir rivoyatda bir marta عَلَى الثَّوْرِ degan, boshqa safar عَلَى الْحُوتِ degandir. Muhaddislarning bir qismi, Isroiliyotdan olinmoqla va eskidan beri naql etilgan xurafovori hikoyalarga bu hadisni tatbiq etmishlar. Xususan Bani Isroil olimlarining musulmon bo’lganlaridan bir qismi, o’tmishdaki kitoblarda «Ho’kiz va Baliq» haqida ko’rgan hikoyalarni, hadisga tatbiq etib, hadisning ma`nosini ajib bir tarzga aylantirganlar. Hozircha bu savolingizga doir g’oyat qisqacha uch asos va uch vajh aytiladi.

Аудио мавжуд эмас