Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 3
(1-13)

Birinchisi: Arsh va Samovot nazoratchilari deyilgan maloikaning birisining ismi «Nasir» va boshqasining ismi «Savr» bo’lib to’rt malakni, Janobi Haq arsh va samovotga saltanati rububiyatiga nazorat etmoq uchun tayin etgani kabi, samovotning bir kichik qardoshi bo’lgan Yer sayyorasiga ham ikki malak, nozir va boqaruvchi qilib tayin etgandir. U malaklarning birisining ismi «Savr» va boshqasining ismi «Hut»dir. Va u nomni berishining siri  shudirki: Yer ikki qismdir. Biri suv; biri tuproq. Suv qismini shonlantirgan baliqdir. Tuproq qismini shonlantrgan, insonlarning madori hayoti bo’lgan ziroat, ho’kiz iladir va ho’kizning yelkasidadir. Yer sayyorasiga vazifador ikki malak, ham qo’mondon, ham nozir bo’lganlaridan, albatta baliq toifasiga va ho’kiz naviga bir jihati munosabatlari bo’lishi lozimdir. Balki,  وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّهِ u ikki malakning olami malakut va olami misolda ho’kiz va baliq suratida shakllanishlari bor.(Hoshiya) Mana bu munosabatga va u nazoratga ishoratan va Yer sayyorasining u ikki muhim navi maxluqotiga imoan lisoni mo’`jizul bayoni Nabaviy,

 َاْلاَرْضُ عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِdegan, g’oyat chuqur va keng bir sahifa qadar masalalari qoplagan bir haqiqatni, g’oyat go’zal va qisqa birgina jumla ila ifoda etgan.

Ikkinchi Vajh: Masalan qandayki deyilsa: «Bu davlat va saltanat qaysi narsa ustida turadi?» Javobida: عَلَى السَّيْفِ وَ الْقَلَمِ deyiladi. Ya`ni «Askar qilichining shijoatiga, quvvatiga va ma`mur qalamining malakasiga va adolatiga tayanadi.» Xuddi shuning kabi: Yer sayyorasi modomiki zihayotning maskanidir va zihayotning qo’mondonlari ham insondir va insonning ahli sohil qismining qismi a`zamining madori taomlanishlari baliqdir va ahli sohil bo’lmagan qismining madori taomlanishlari, ziroatla ho’kizning yelkasidadir va muhim bir madori tijorati-da baliqdir. Albatta davlat, qilich va qalam ustida turgani kabi; Yer sayyorasi ham, ho’kiz va baliq ustida turibdi deyilir. Zero qachonki ho’kiz ishlamasa va baliq million tuxumni birdan qo’ymasa, u vaqt inson yashay olmas, hayot to’xtab qoladi, Holiqi Hakim ham Yerni xarob etadi.

Mana Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, g’oyat mo’`jizona va g’oyat ulviy va g’oyat hikmatli bir javob ila: َاْلاَرْضُ عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ degan. Navi insonning hayoti, naqadar toifayi hayvoniyning hayoti ila aloqador bo’lganiga doir keng bir haqiqatni, ikki kalima ila dars bergan.



(Hoshiya) Ha, Yer sayyorasi havo muhiti dengizida bir kemayi Rabboniya va nassi hadisla oxiratning bir ekinzori, ya`ni xosil ekinzori bo’lganidan, u jonsiz va aqlsiz buyuk kemani u dengizga amri ilohiy ila, intizom ila, hikmat ila suzdirgan, kapitanlik etgan maloikaga «Hut» nomi va u ekinzorga izni Ilohiy ila nazorat etgan maloikaga «Savr» ismi naqadar yarashgani zohirdir.

Аудио мавжуд эмас