Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 2
(1-13)

Birinchi Asos: Bani Isroil ulamosining bir qismi musulmon bo’lgandan so’ng, eski ma`lumotlari ham ular bilan musulmon bo’lgan, Islomiyatga mol bo’lgan. Holbuki u eski ma`lumotlarida xatolar bor. U xatolar, albatta ularga oitdir, Islomiyatga oid emasdir.

Ikkinchi Asos: Tashbeh va tamsillar, olimdan avomga o’tishi bilan, ya`ni ilmning qo’lidan jahlning qo’liga tushishi bilan, zamonlar o’tishi bilan haqiqat qabul etiladi. Masalan: Kichikligimda Oy tutildi. Men volidamga dedim: «Nima uchun oy bunday bo’ldi?» Dedi: «Ilon yutdi.» Dedim: «Ana yana nega ko’rinyapti?» Dedi: «Yuqorida ilonlar shisha kabi bo’lib, ichlarida bo’lgan narsalarni ko’rsatadilar.» Bu bolalik xotirasini ko’p zamon xotirlar edim. Va der edimki: «Bu qadar haqiqatsiz bir xurofot, volidam kabi jiddiy zotlarning lisonida qanday yuryapdi? » deya o’ylar edim. To, falakiyot ilmini mutolaa etganim payt ko’rdimki: Volidam kabi unday deganlar, bir tashbehni haqiqat qabul etganlar. Chunki Quyosh doirasining madori bo’lgan «burjlar doirasi» ta`bir etganlari doirayi azima, manzili Oyning madori bo’lgan Oy aylanish doirasi bir-biri ustiga o’tmoqla, u ikki doira har biri ikki qavs shaklini bergan; u ikki qavsga astranomiya olimlari latif bir tashbeh ila katta ikki ilon ismi bo’lgan «tinnineyn» ismini berganlar.

Mana u ikki doiraning kesishish nuqtasida, bosh ma`nosiga «re`s», boshqasiga dumi ma`nosiga "zanab" deganlar. Oy re`sga va Quyosh zanabga kelgan payt astronomlar tilida "Yer tutilishi" sodir bo’ladi. Ya`ni Yer shari tom ikkisining o’rtasiga tushadi, u vaqt Oy ko’rinmaydi. Sobiq tashbeh ila «Oy, tinninin og’ziga kirdi» deyiladi.

Mana bu ulviy va ilmiy tashbeh, avomning lisoniga kirishi bilan, zamon o’tishi ila, Oyni yutadigan katta bir ilon shaklini olgan.

Mana Savr va Hut nomi ila ikki buyuk malak, bir tashbehi latifi qudsiy ila va ma`nodor bir ishoratla Savr va Hut nomi ila nomlanganlar. Qudsiy, ulviy lisoni nubuvvatdan umumning lisoniga kirish bilan, u tashbeh haqiqatga inqilob etgan, odatda katta bir ho’kiz va dahshatli bir baliq suratini olganlar.

Uchinchi asos: Qandayki Qur`onning tashbexlari bor; g’oyat chuqur masalalarni tamsilot ila va tashbehot ila avomga dars beradi. Xuddi shuning kabi: Hadisning tashbexlari bor; g’oyat chuqur haqiqatlarni umumiy tashbehotla ifoda etadi. Masalan: Bir-ikki risolada bayon etganimiz kabi: Bir vaqt huzuri Nabaviyda g’oyat baland bir tovush eshitildi. Farmon etdiki: «Yetmish yildir dumalab, bu daqiqada Jahannamning tubiga tushgan bir toshning ovozidir.» Bir necha daqiqadan so’ng birtasi keldi, dedi: «Yetmish yoshli mashhur munofiq o’ldi.» Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning g’oyat balig’ tamsilining haqiqatini e`lon etdi.

Sening savoling javobiga hozircha «uch vajh» aytiladi.

Аудио мавжуд эмас