Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 4
(1-13)

Uchinchi Vajh: Eski Astronomiya nazarida Quyosh aylanardi. Quyoshning har o’ttiz darajasini, bir burj ta`bir etganlar. U burjlardagi yulduzlarning oralarida birlashtiradigan faraziy chiziqlar chizilsa, birta vaziyat hosil bo’lgan vaqt, ba`zida asad(ya`ni arslon) suratini, ba`zida tarozi ma`nosida me`zon suratini, ba`zida ho’kiz ma`nosiga savr suratini, ba`zida baliq ma`nosiga hut suratini ko’rsatganlar. U munosabatga binoan u burjlarga ismlar berilgan. Shu asrning Astronomiyasi nazarida esa, Quyosh aylanmaydi. U burjlar bo’sh va vazifasiz va ishsiz qolganlar. Quyoshning o’rniga Yer sayyorasi aylanadi. Unday bo’lsa u bo’sh, ishsiz burjlar va yuqoridagi vazifasiz doiralar o’rniga, yerda Yerning yillik aylanish madori kichik miqyosda u doiralarni tashkil etmoq kerakdir. Shu holda buruji samoviya, Yerning yillik aylanish madoridan misol bo’ladi. Va u holda Yer sayyorasi har oyda buruji samoviyaning birining soyasida va misolidadir. Go’yo Yerning yillik madori bir oyna hukmida bo’lib samoviy burjlar, unda aks etadi.

Mana bu vajhla Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, sobiqan zikr etganimiz kabi bir marta عَلَى الثَّوْرِ ,bir marta عَلَى الْحُوتِ degan. Ha, mo’`jizul bayon bo’lgan lisoni nubuvvatga yarashadigan bir tarzda g’oyat chuqur va ko’p asr o’tib tushuniladigan bir haqiqatga ishoratan bir marta عَلَى الثَّوْرِ degan. Chunki Yer sayyorasi, u savolning zamonida Savr burjining misolida edi. Bir oy o’tib yana so’raldi,  عَلَى الْحُوتِ degan. Chunki u vaqt Yer sayyorasi, Hut burjining soyasida edi.

Mana istiqbolda tushuniladigan bu ulviy haqiqatga ishoratan va Yer sayyorasining vazifasidagi harakatiga va sayohatiga imoan va samoviy burjlar, Quyosh e`tibori ila vazifasiz va musofirsiz bo’lganlariga va haqiqiy ishlagan burjlar esa, Yer sayyorasining yillik madori bo’lganiga va u burjlarda vazifa ko’rgan va sayohat etgan Yer sayyorasi bo’lganiga ramzan عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ degandir. وَاللّهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ

Ba`zi Islomiy kitoblarda savr va hutga doir ajib va xoriji aql hikoyalar, yo Isroiliyotdir yoki tamsilotdir yoki ba`zi muhaddislarning ta`vilotidirki, ba`zi diqqatsizlar tarafidan hadis deb o’ylab Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga tegishli etgan.

رَبَّنَا لاَ تُؤَاخِذْنَا اِنْ نَسِينَا اَوْ اَخْطَاْنَا

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

Аудио мавжуд эмас