Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 7
(1-13)

Ikkinchi sir: Qur`oni Mo’`jizul Bayon hadsiz kasrati maxluqotda tazohur etgan Vohidiyyat ichida aqllarni bo’g’maslik uchun doimo u Vohidiyyat ichida Ahadiyyat jilvasini ko’rsatadi. Ya`ni, masalan: Quyosh ziyosi ila hadsiz ashyoni ixota etadi. Majmu` ziyosidagi quyoshning zotini ko’rishga g’oyat keng bir tasavvur va ixotali bir nazar lozim bo’lganidan, quyoshning zotini unuttirmaslik uchun har bir porloq narsada quyoshning zotini aksi vositasi ila ko’rsatadi. Va har porloq narsa o’z qobiliyatiga ko’ra quyoshning jilvai zoti bilan birga, ziyosi, harorati kabi xossalarini ham ko’rsatadi. Va har porloq narsa o’z qobiliyatiga ko’ra, quyoshni butun sifoti ila ko’rsatgani kabi, quyoshning ziyo, harorat va ziyodagi yetti rang kabi holatlarining har biri ham umum muqobilidagi narsalarni ixota qiladi.

Xuddi shuningdek  وَلِلّهِ الْمَثَلُ اْلاَعْلَى tamsilda xato bo’lmasin, Ahadiyyati va Somadiyyati Ilohiyya har bir narsada, xususan zihayotda, xususan insonning mohiyati oyinasida butun asmosi-la bir jilvasi bo’lgani kabi, vahdat va Vohidiyyat jihati bilan ham mavjudot ila aloqador har bir ismi butun mavjudotni ixota etadi. Xullas, Vohidiyyat ichida aqllarni bo’g’maslik va qalblar Zoti Aqdasni unutmasligi uchun doimo Vohidiyyatdagi Ahadiyyat muhrini ko’zga ko’rsatadiki, u muhrning uch muhim tuguni "Bismillahir rohmanir rohiym" namoyon etadi.

Uchinchi sir: Bu cheksiz koinotni quvontiruvchi bilmushohada Rahmatdir. Va bu qorong’u mavjudotni yorituvchi bilbadoha yana Rahmatdir. Va bu hadsiz ehtiyojot ichida o’rmalab yurgan maxluqotni tarbiya etuvchi bilbadoha yana Rahmatdir. Va bir daraxt butun hay`ati ila mevasiga mo’tavajjih bo’lgani kabi, butun koinotni insonga mutavajjih etgan va har tarafdan unga qaratib qo’ygan va yordamiga yugurtirgan bilbadoha Rahmatdir. Va bu cheksiz fazoni va bo’sh va xoli olamni to’ldirib turgan, nurlantirayotgan va quvontirayotgan bilmushohada Rahmatdir. Va bu foniy insonni abadga nomzod etgan va azaliy va abadiy bir zotga muxotab va do’st qilgan bilbadoha Rahmatdir.

Ey inson! Modomiki Rahmat bunday quvvatli va jozibador va sevimli va madadkor bir haqiqati mahbubadir, "Bismillahir Rohmanir rohiym" de, u haqiqatga yopish va vahshati mutlaqodan va hadsiz ehtiyojotning alamlaridan qutul. Va u Sultoni Azal va Abadning taxtiga yaqinlash va u Rahmatning shafqati va nurlari ila u Sultonga muxotab va xalil va do’st bo’l.

Аудио мавжуд эмас