Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 9
(1-13)

Ey inson! Agar inson bo’lsang, "Bismillahir rohmanir rohiym" de, u shafoatchini top. Ha, zaminda to’rt yuz ming muxtalif ayri-ayri nabototning va hayvonotning toifalarini hech birini unutmasdan, chalkashtirmasdan, vaqtivaqti bilan kamoli intizom ila, hikmat va inoyat ila tarbiya va idora etayotgan va Kurrai Arzning siymosiga Ahadiyyat muhrini bosgan bilbadoha, balki bilmushohada Rahmatdir. Va u Rahmatning vujudi bu Yer sayyorasi siymosidagi mavjudotning vujudlari qadar qat`iydir va u mavjudot adadicha tahaqquqining dalillari bor. Ha, zamin yuzida shunday bir xotami Rahmat va muhri Ahadiyyat bo’lgani kabi, insonning mohiyati ma`naviyasining siymosida ham unday bir muhri Rahmat bordirki, u Yer sayyorasi siymosidagi muhri marhamat va koinot siymosidagi muhri uzmoi Rahmatdan aslo kam emas. Go’yo ming bir ismi jilvasining kesishma nuqtasiga o’xshash bir jomi`yati bor.

Ey inson! Hech mumkinmidirki, senga bu siymoni bergan va bu siymoda shunday bir muhri Rahmatni va bir xotami Ahadiyyatni ijod etgan Zot seni qarovsiz-egasiz tashlab qo’ysin, senga ahamiyat bermasin, sening harakatingga diqqat etmasin, senga mutavajjih bo’lgan butun koinotni bekorga yaratgan bo’lsin, xilqat shajarasini mevasi chirik, buzuq-ahamiyatsiz bir daraxt qilsin?! Ham? hech bir jihat-la shubha qabul etmagan va hech bir vajh ila nuqsoniyati bo’lmagan, quyosh kabi zohir bo’lgan rahmatini va ziyo kabi yaqqol ko’rinib turgan hikmatini inkor ettirsin?! Xosho!!!

Ey inson! Bilki, u Rahmatning arshiga yetishmoq uchun bir me`roj bor. U me`roj "Bismillahir rohmanir rohiym"dir. Va bu me`roj naqadar ahamiyatli ekanini anglashni istasang, Qur`oni Mo’`jizul Bayonning yuz o’n to’rt suralarining boshlariga va ham jamiki muborak kitoblarning ibtidolariga va umum muborak ishlarning mabda`lariga boq. "Bismillah"ning azamati qadriga eng qat`iy bir hujjat shudirki, Imomi Shof`iy (R.A.) kabi g’oyat buyuk mujtahidlar: "Bismillah yolg’iz bir oyat bo’lgani holda, Qur`onda yuz o’n to’rt davf`a nozil bo’lgandir", deganlar.

Аудио мавжуд эмас