Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 11
(1-13)

Beshinchi sir: Bir hadisi sharifda vorid bo’lganki:

 اِنَّ اللّهَ خَلَقَ اْلاِنْسَانَ عَلَى صُورَةِ الرَّحْمنِ  av kamo qol. Bu hadisni ayrim ahli tariqat aqoidi iymoniyaga munosib tushmaydigan ajib bir tarzda tafsir etganlar. Hatto ulardan ahli ishq bo’lgan ba`zilari insonning siymoi ma`naviysini bir surati Rahmon deb qaraganlar. Ahli oshiqning ko’pida istig’roq va iltibos hollari bo’lganidan, haqiqatga zid tasavvurlarida balki ma`zurdirlar. Ammo aqli joyida bo’lganlar fikran ularning aqoid asoslariga zid bo’lgan ma`nolarini qabul eta olmaydi. Qabul etsa, xato qiladi. Ha, butun koinotni bir saroy, bir uy kabi muntazam idora etayotgan va yulduzlarni zarralar kabi hikmatli va oson aylantirib kezdirayotgan va zarrotni muntazam ma`murlar kabi xizmat qildirib qo’ygan Zoti Aqdasi Ilohiyning sherigi, noziri, ziddi, o’xshashi bo’lmagani kabi,

 لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَىْءٌ وَهُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ ning sirriga ko’ra, surati, misli, misoli, shabihi ham bo’lolmas. Ammo

 وَلَهُ الْمَثَلُ اْلاَعْلَى فِى السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

ning sirri-la va tamsili-la shuunotiga va sifat va asmosiga qaraladi. Demak, masal va tamsil shuunot nuqtai nazarida bordir. Mazkur hadisi sharifning ko’p maqsadlaridan biri shuki: inson Janobi Haqning Rahmon ismini tamomila ko’rsatadigan bir suratdadir. Ha, sobiqan bayon etganimizdek, koinot siymosida ming bir ismning shu`alaridan paydo bo’lguvchi Ismi Rahmon ko’ringani va zamin yuzining siymosida Rububiyyati mutlaqoi Ilohiyyashshg hadsiz jilvalari-la tazohur etgan Ismi Rahmon ko’rsatilgani kabi, insonning surati jomi`asida ham kichik bir miqyosda zaminning siymosi va koinotning siymosi kabi yana u Ismi Rahmonning tom jilvasini ko’rsatadi, demakdir. Ham ishoratdirki: Zoti Rohmanir Rohiymning dalillari va oyinalari bo’lgan zihayot va inson kabi mazharlar u Zoti Vojibul Vujudga dalolatlari shu qadar qat`iy va ochiq va ravshandirki, quyoshning timsolini va aksini tutgan porloq bir oyina porloqligiga va dalolatining ochiq-ravshanligiga ishoratan "U oyina quyoshdir", deyilganidek, "Insonda Rahmon surati bor", deyuvchilar ham dalolatining ochiqligiga va kamoli munosabatiga ishoratan aytadilar. Va ahli vahdat-ul vujudning mo’`tadil qismi "La mavjuda illa hu"ni shu ma`noga ko’ra, bu dalolatning ochiqligiga va bu munosabatning kamoliga bir unvon sifatida aytganlar.

اَللّهُمَّ يَا رَحْمنُ يَا رَحِيمُ بِحَقِّ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اِرْحَمْنَا كَمَا يَلِيقُ بِرَحِيمِيَّتِكَ وَ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

كَمَا يَلِيقُ بِرَحْمَانِيَّتِكَ آمِينَ

Аудио мавжуд эмас