Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 10
(1-13)

To’rtinchi sir: Hadsiz kasrat ichida vohidiyyat tajalliysi xitobini  اِيَّاكَ نَعْبُدُ aytish bilan har kimga kofiy kelmaydi. Fikr tarqaladi. Majmu`idagi vahdat orqasida Zoti Ahadiyyatni mulohaza etib  اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ  deyishga Yer sayyorasi kengligida bir qalb bo’lmog’i lozim. Va bu sirga binoan, juz`iyyatda zohir bir suratda mo’hri Ahadiyyatni ko’rsatgani kabi, har bir navida mo’hri Ahadiyyatni ko’rsatish va Zoti Ahadni mulohaza ettirish uchun Xotami Rahmoniyyat ichida bir mo’hri Ahadiyyatni ko’rsatayotirki, to har kim kulfatsiz har martabada, اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deb to’g’ridan-to’g’ri Zoti Aqdasga xitob etib, unga yuzlana olsin. Xullas, Qur`oni Hakiym bu sirri aziymni ifoda etish uchundirki, koinotning doirai a`zamidan, masalan, samovot va arzning hilqatidan bahs etgan vaqt birdan eng kichik bir doiradan va eng daqiq bir juz`idan bahs etar, toki zohir bir suratda xotami Ahadiyyatni ko’rsatsin. Masalan, samovot va arzning xilqatidan bahs etayotib, xilqati insondan va insonning ovozidan va siymosidagi daqoiqi ne`mat va hikmatdan bahs ochadi. Toki fikr tarqalmasin, qalb bo’g’ilmasin, ruh Ma`budini to’g’ridan-to’g’ri topsin. Masalan:

 وَمِنْ آيَاتِهِ خَلْقُ السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَاخْتِلاَفُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ

oyati mazkur haqiqatni mo’`jizona bir tarzda ko’rsatadi. Ha, hadsiz maxluqotda va nihoyatsiz bir kasratda vahdat sikkalari ich maich doiralar kabi eng kattasidan eng kichik muhrga qadar xillari va martabalari bordir. Faqat, u vahdat naqadar bo’lsa, yana kasrat ichida bir vahdatdir. Haqiqiy xitobni to’liq ta`min etmaydi. Shuning uchun vahdat orqasida Ahadiyyat muhri bo’lishi lozimdir. Toki kasratni xotirga keltirmasin. Qalbga to’gridan-to’gri Zoti Aqdasga bog’laydigan yo’l ochsin. Ham muhri Ahadiyyatga nazarlarni burish va qalblarni jalb etish uchun u muhri Ahadiyyat ustida g’oyat jozibador bir naqsh va g’oyat porloq bir nur va g’oyat shirin bir halovat va g’oyat sevimli bir jamol va g’oyat quvvatli bir haqiqat bo’lgan Rahmat tamg’asini va Rohiymiyyat muhrini bosgandir. Ha, u Rahmatning quvvatidirki, zishuurning nazarlarini jalb etadi va Ahadiyyat muhriga bog’laydi. Va Zoti Ahadiyyatni mulohaza ettiradi va bu orqali

اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dagi haqiqiy xitobga mazhar etadi. Xullas, "Bismillahir rohmanir rohiym" Fotiha surasining mundarijasi va Qur`onning mujmal bir xulosasi jihati bilan bu mazkur sirri azimning unvoni va tarjimoni bo’lgan. Bu unvonni qo’liga olgan odam Rahmatning tabaqalarida keza oladi. Va bu tarjimonni gapirtira olgan kishi asrori Rahmatni o’rganadi va anvori Rohiymiyyatni va shafqatni ko’radi.

Аудио мавжуд эмас