Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 12
(1-13)

Oltinchi sir: Ey hadsiz ojizlik va nihoyatsiz faqirlik ichida qimirlab yurgan bechora inson! Rahmat naqadar qiymatdor bir vasila va naqadar maqbul bir shafoatchi ekanini bundan angla: u Rahmat shunday bir Sultoni Zuljalolga vasiladirki, yulduzlar bilan zarralar birga-birga kamoli intizom va itoat-la uning qo’shinida xizmat etayotirlar. Va u Zoti Zuljalolning va Sultoni Azal va Abadning istig’noi zotiysi bor. Va istig’noi mutlaq ichidadir.

Hech bir jihat-la koinotga va mavjudotga ehtiyoji bo’lmagan bir G’aniyi Alalitloqdir. Va butun koinot uning amri va idorasi ostida, haybat va azamati ostida nihoyat itoatda jaloliga nisbatan tazalluldadir. Xullas, ey inson, Rahmat seni Mustagniyi Alalitloqning va Sultoni Sarmadiyning huzuriga chiqaradi va unga do’st qiladi. Va unga muxotab etadi. Va sevgili bir abd vaziyatini beradi. Faqat, masalan, sen quyoshga yetisha olmaganing, undan uzoq bo’lganing, hech bir jihat-la unga yaqinlasha olmaganing, balki quyoshning ziyosi uning aksini, jilvasini sening oyinang vositasi ila sening qo’lingga bergani kabi, u Zoti Aqdasga va u Shamsi Azal va Abadga biz garchi nihoyatsiz uzoqmiz, yaqinlasha olmaymiz, ammo uning ziyoyi Rahmati uni bizga yaqin qilayotir.

Xullas, ey inson! Bu Rahmatni topgan odam abadiy tuganmas bir xazinayi Nurni topadi. U xazinani topishning chorasi -Rahmatning eng porloq bir misoli va mumassili va u Rahmatning eng bolig’ bir lisoni va dalloli bo’lgan va Qur`onda "Rohmatan lil-`alamiyn" unvoni ila ismlangan Rasuli Akram alayhissolatu vassalamning sunnatidir va unga tabo`iyyatidir. Va Rohmatan lil-`alamiyn bo’lgan bu Rahmati mujassamaga bog’laydigan amal esa, salovotdir. Ha, salovotning ma`nosi Rahmatdir. Va u zihayot mujassam Rahmatga, rahmat duosi bo’lgan salovot esa, u Rohmatan lil-`alamiyn vusuliga vasiladir. Shunday ekan, sen salovotni o’zing uchun u Rohmatan lil-`alamiynga vasila et va u Zotni ham Rahmati Rahmonga vasila ittixoz et.

Umum ummatning Rohmatan lil-a`lamiyni bo’lgan alayhissolatu vassalam haqida hadsiz bir kasrat-la Rahmat ma`nosi ila salovot keltirishlari, Rahmat naqadar qiymatdor bir hadiyayi Ilohiya va naqadar keng bir doirasi ekanini porloq bir suratda isbot etadi.

Al-hosil: Xazinai Rahmatning eng qiymatdor billuri va darvozaboni Zoti Ahmadiyya alayhissolatu vassalam bo’lganidek, eng birinchi kaliti "Bismillahir rohmanir rohiym"dir. Va eng qulay bir kaliti esa, salovotdir.

 

اَللّهُمَّ بِحَقِّ اَسْرَارِ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ صَلِّ وَ سَلِّمْ

عَلَى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ كَمَا يَلِيقُ بِرَحْمَتِكَ وَ بِحُرْمَتِهِ

وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ اَجْمَعِينَ وَ ارْحَمْنَا رَحْمَةً تُغْنِينَا بِهَا

عَنْ رَحْمَةِ مَنْ سِوَاكَ مِنْ خَلْقِكَ آمِينَ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

 

 

Аудио мавжуд эмас