Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 8
(1-13)

Ha koinotning anvoini hikmat doirasida insonning atrofida to’plab, butun hojatiga kamoli intizom va inoyat ila yugurtirish bilbidoha ikki holatdan biridir: yo koinotning har bir nav`i o’z-o’zidan insonni taniydi, unga itoat etadi, muovanatga yuguradi - bu esa, yuz daraja aqldan uzoq bo’lgani kabi, ko’p qiyinchiliklarni natija beradi, insonday bir ojizi mutlaqda eng kuchli bir Sultoni Mutlaqning qudrati bo’lmog’i lozim keladi. Va yoxud bu muovanat bu koinotning pardasi orqasida bir Qodiyri Mutlaqning ilmi ila bo’lyapti. Demak, koinotning anvoyi insonni tanimaydi, balki insonni biladigan va taniydigan va unga marhamat etadigan bir Zotning tanishini va bilishini ko’rsatadigan dalillardir.

Ey inson! Esingni yig’. Hech mumkinmidirki, butun anvoi maxluqotni senga qaratib madad qo’llarini uzattirgan va sening hojatlaringga "Labbayk" degizgan Zoti Zuljalol seni bilmasin, tanimasin, ko’rmasin?! Modomiki seni biladi va bilishini rahmat ila bildiryapti ekan, sen ham Uni bil, bilganingni hurmat-la bildir va qat`iyyan anglaki, sen kabi zaifi mutlaq, ojizi mutlaq, faqiri mutlaq, foniy, kichik bir maxluqqa ulkan koinotni musaxxar etmoq va uning madadingga yubormoq, albatta, hikmat va inoyat va ilm va qudratni ichiga olgan haqiqati Rahmatdir. Albatta, bunday bir Rahmat sendan kulliy va xolis bir shukr va jiddiy va sofiy bir hurmatni istaydi, ana shu xolis shukrning va u sofiy hurmatning tarjimoni va unvoni bo’lmish "Bismillahir rohmanir rohiym"ni ayt. Uni Rahmatning vusuliga vasila et va Rahmonning dargohida shafoatchi qil.

Ha, Rahmatning vujudi va tahaqquqi quyoshdek ko’rinib turgan ochiq haqiqatdir. Chunki, masalan, markaziy naqsh har tarafdan keladigan kashta va iplarning intizomidan va vaziyatlaridan hosil bo’ladi, shunga o’xshash, bu koinotning doirai kubrosida ming bir Ismi Ilohiyning jilvasidan keladigan nuroniy kashtalar koinot siymosida shunday bir muhri Rahmat ichida bir xotami Rohiymiyyatini va bir naqshi shafqatni to’qiyapti va shunday bir xotami inoyatni to’qiyaptiki, quyoshdan ham porloq bir tarzda o’zini aqllarga ko’rsatayotir.

Ha, shams va qamarni, unsurlar va ma`danlarni, nabotot va hayvonotni, bir naqshi a`zamning kashta iplari kabi, ming bir ismining shu`lalari ila tanzim etgan va hayotga xodim etgan, nabotiy va hayvoniy umum volidalarning g’oyat shirin va fidokorona shafqatlari ila shafqatini ko’rsatayotgan va zavilhayotni hayoti insoniyaga musaxxar etgan va unda Rububiyyati Ilohiyaning g’oyat go’zal va shirin bir naqshi a`zamini va insonning ahamiyatini ko’rsatgan va eng porloq rahmatini izhor etgan u Rahmoni Zuljamol, albatta, o’zining istig’noi mutlaqiga qarshi rahmatini ehtiyoji mutlaq ichidagi zihayotga va insonga maqbul bir shafoatchi qilganlar.

Аудио мавжуд эмас