Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 6
(1-13)

Ikkinchi Maqom

 

 بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ ning minglarcha asroridan olti sirriga doirdir.

Ixtor: "Bismillah"ning rahmat nuqtasidagi porloq bir nuri so’niq aqlimga uzoqdan ko’rindi. Uni nafsim uchun eslatma suratida qayd etib qo’yishni istadim. Va yigirma-o’ttiztacha sir ila, u nurning atrofida bir doira aylantirib ovlashni va zabt etishni orzu qildim. Lekin, afsus, hozircha orzuimga to’liq muvaffaq bo’dolmadim. (u sirlar) yigirma-o’ttizta edi, besh-oltiga tushdi.

"Ey inson!" deganim vaqt nafsimni ko’zda tutaman. Bu dars o’z nafsimga xos ekan, ruhan men bilan munosabatdor va nafsi nafsimdan ko’ra hushyorroq zotlarga, balki madori istifoda bo’lar, degan niyatda "O’n To’rtinchi Lam`a"ning "Ikkinchi maqomi" o’laroq, mudaqqiq qardoshlarimning nozik zehnlariga havola etyapman. Bu dars aqldan ko’ra ko’proq qalbga boqadi, dalildan ko’ra ko’proq zavqqa nozirdir.

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

قَالَتْ يَا اَيُّهَا اْلَمَلاُ اِنِّى اُلْقِىَ اِلَىَّ كِتَابٌ كَرِيمٌ اِنَّهُ مِنْ سُلَيْمنَ

وَ اِنَّهُ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

Bu maqomda bir necha sir zikr etiladi.

Birinchi sir: "Bismillahir Rohmanir Rohiym"ning bir jilvasini shunday ko’rdimki:

Koinot siymosida, arz siymosida va inson siymosida bir-biri ichida bir-birining namunasini ko’rsatadigan uch Rububiyyat tamg’alari bor:

Biri - Koinotning hay`ati majmuasidagi taovun, tasonud, taonuk, tajovubdan tazohur etgan Sikkai Kubroi uluhiyyatdirki, "Bismillah" unga boqadi.

Ikkinchisi - Kurrai arz siymosida nabotot va hayvonotning tadbiri va tarbiyasi va idorasidagi tashobuh, tanosub, intizom, insijom, lutf va marhamatdan tazohur ettan Sikkai Kubroi Rahmoniyyatdirki, "Bismillahir rohman" unga boqadi.

Uchinchisi - Insonning mohiyati jomi`asining siymosidagi latoifi ra`fat va daqoiqi shafqat va shu`aoti marhamati ilohiyadan tazohur etgan Sikkai Ulyoi Rohimiyyatdirki, "Bismillahir rohmanir rohiym"dagi "ar-rohiym" unga boqadi.

Demak, "Bismillahir rohmanir rohiym" sahifai olamda bir satri nuroniyni tashkil etguchi uch Ahadiyyat muhrining qudsiy unvonidir. Va kuchli bir ipidir va porloq bir xatidir. Ya`ni, "Bismillahir rohmanir rohiym" yuqoridan nuzul ila samarai koinot va olamning kichik namunasi bo’lmish insonga uchi kelib taqaladi. Farshni Arshga bog’laydi. Insonning Arshga chiqmog’iga bir yo’l bo’ladi.

Аудио мавжуд эмас