Lemalar lot | O’n To’rtinchi Lam`a | 5
(1-13)

Ikkinchi Savol: Ali Aba haqidadir.

Qardoshim, Ali Aba haqidagi javobsiz qolgan savolingizning ko’p hikmatlaridan yolg’iz birgina hikmati aytiladi. Shundayki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, kiygan muborak abasini, Hazrati Ali(R.A.) va Hazrati Fotima (R.A.) va Hazrati Hasan va Husenning (R.A.) ustlariga yopmasi va ularga bu suratla

لِيُذْهِبَ عَنْكُمُ الرِّجْسَ اَهْلَ الْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْهِيرًا oyati ila duo etishining sirlari va hikmatlari bor. Sirlaridan bahs etmaymiz. Yolg’iz vazifayi risolatga taalluqli bir hikmati shudirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, g’aybni ko’radigan va istiqbol-bin nazari nubuvvatla o’ttiz-qirq yil so’ng Sahobalar va Tobeinlar ichida muhim fitnalar bo’lib qon to’kilishini ko’rgan. Ichida eng mumtoz shaxsiyatlar, abasi ostida bo’lgan uch shaxsiyat bo’lishini mushohada etgan. Hazrati Alini (R.A.) ummat nazarida poklash va avf etmoq va Hazrati Husanni (R.A.) ta`ziya va tasalli etmoq va Hazrati Hasanni (R.A.) tabrik etmoq va sulh ila muhim bir fitnani oldini olmoqla sharafini va ummatga azim foydasini e`lon etmoq va Hazrati Fotimaning zurriyotining pok va musharraf bo’lishini va Ahli Bayt unvoni oliysiga loyiq bo’lishlarini e`lon etmoq uchun u to’rt shaxsga o’zi bilan barobar «Hamsayi Ali Aba» unvonini baxsh etgan u abani ustlariga yoptirgan

Ha, garchi Hazrati Ali (R.A.) xalifayi bilhaq edi. Faqat to’kilgan qonlar juda ahamiyatli bo’lganidan ummat nazarida poklash va baroati, vazifayi risolat hisobiyla ahamiyatli bo’lganidan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, shu suratla uni avf etadi. Uni tanqid va xato degan va zalolatda degan Horijiylarni va Amaviylarning tajovuzchi tarafdorlarini sukutga da`vat etadi. Ha, Horijiylar va Amaviylarning mufrit tarafdorlari Hazrati Ali (R.A.) haqidagi tafritlari va zalolatda deganlari va Hazrati Husanning (R.A.) g’oyat fojiali alamli hodisasi ila Shialarning ifrotlari va bid`atlari va Shayxayndan yuz o’girishlari, ahli Islomga juda zararli bo’lgan.

Mana bu aba va duo ila Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, Hazrati Ali (R.A.) va Hazrati Husanni (R.A.) mas`uliyatdan va ittihomdan va ummatini ular haqida yomon gumonidan qutqargani kabi, Hazrati Hasanni (R.A.) qilgan sulhi ila ummatga qilgan yaxshiligini vazifayi risolat nuqtasida tabriklaydi va Hazrati Fotimaning(R.A.) zurriyotining nasli muboraki, olami Islomda Ahli Bayt unvonini olib oliy bir sharaf qozonishlarini va Hazrati Fotima(R.A.)

اِنِّى اُعِيذُهَا بِكَ وَذُرِّيَّتَهَا مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ degan Hazrati Maryamning volidasi kabi zurriyotcha juda musharraf bo’lishini e`lon etadi.

اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِهِ الطَّيِّبِينَ الطَّاهِرِينَ اْلاَبْرَارِ

وَعَلَى اَصْحَابِهِ الْمُجَاهِدِينَ الْمُكْرَمِينَ اْلاَخْيَارِ آمِينَ

 

 

Аудио мавжуд эмас