Lemalar lot | O’n Oltinchi Lam`a | 1
(1-10)

O’n Oltinchi Lam`a

 

بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ    

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّهِ وَ بَرَكَاتُهُ      

 

Aziz Siddiq qardoshlarim Xoja Sabri, Hofiz Ali, Mustafolar, Xusraf, Ra`fat, Bekir Bey, Rushdu, Lutfiylar, Hofiz Ahmad, Shayx Mustafo va boshqalar… Sizlarga maroqli va madori savol bo’lgan «To’rt Kichik Masala»ni ma`lumot navida muxtasar bir suratda bayon etishga qalbimda bir holat his etdim.

Birinchisi: Qardoshlarimizdan Chaprazzoda Abdulloh Afandi kabi ba`zi odamlar, ahli kashfdan rivoyatan bu o’tgan Ramazonda Ahli Sunnat va Jamoat uchun bir yengillik, bir futuhot bo’lishini xabar berganlari holda zuhur etmadi. Bunday ahli valoyat va kashf, nima uchun xilofi voqe` xabar beradilar? Mendan so’radilar. Men ham birdan sunuhot suratida kelganiday bergan javobning muxtasari shudir:

Hadisi sharifda vorid bo’lganki: «Ba`zan balo nozil bo’ladi; kelar ekan qarshisiga sadaqa chiqadi, orqaga qaytaradi.» Shu hadisning siri ko’rsatadiki: Qadar, ba`zi sharoitla voqe` bo’larkan orqada qoladi. Demak ahli kashfning xabardor bo’lgani taqdir mutloq bo’lmaganini, balki ba`zi sharoit ila bog’liqligini va u sharoitning voqe` bo’lmasligi bilan u hodisa ham sodir bo’lmaydi. Faqat u hodisa, ajali muallaq kabi Lavhi Azaliyning bir navi daftari hukmida bo’lgan Lavhi Mavh-Isbotda taqdir bo’lib yozilgandir. G’oyat nodir bo’lib Lavhi Azaliyga qadar kashflari chiqa oladi. Aksariyat u yerga chiqolmaydi. Mana shu sirga binoan, o’tgan Ramazoni Sharifda va Qurbon Bayramida va yana boshqa vaqtlarda istihrojga binoan yoki kashfiyot navidan berilgan xabarlar, muallaq bo’lganlari sharoitni topolmaganlari uchun sodir bo’lmaganlar va xabar berganlarni yolg’onchi etmaydilar. Chunki taqdir etilgan ekan, faqat sharti kelmasdan u ham sodir bo’lmagan. Ha, Ramazoni Sharifda bid`atlarning daf`iga ahli Sunnat va Jamoatning aksariyatla xolis duosi bir shart va bir muhim sabab edi. Afsuski jome`larga Ramazoni Sharifda bid`atlar kirganidan, duolarning qabuliga to’siq chekib yengillik kelmadi. Qandayki sobiq hadisning siri ila: Sadaqa, baloni qaytaradi. Aksariyatning xolis duosi ham, umumiy yengillikni jalb etadi . Jalb quvvati vujudga kelmaganidan, futuhot ham berilmadi.

Аудио мавжуд эмас