To’rtinchi Maroqli Savol: Deydilarki: Modomiki sizning qo’lingizdagi nurdir, tayoq emasdir; nurga qarshi chiqmaydilar va nurdan qochmaydilar va nurning izhoridan zarar kelmaydi. Nima uchun do’stlaringizga ehtiyotni tavsiya qilobsiz? Ko’p nurli risolalarni xalqlarga ko’rsatilishini man etobsiz?
Bu savolga qarshi javobning muxtasar ma`nosi shudirki: Boshlardagi boshlarning ko’pi sarxush, o’qimaydi. O’qisa ham tushunmaydi. Xato ma`no berib qarshi chiqadi. Qarshi chiqmasligi uchun aqli boshiga kelishigacha ko’rsatmaslik kerak. Ham ko’p vijdonsiz insonlar borki, g’araz yoki tama` vayoxud xavf jihati ila nurni inkor etadi yoki ko’zini yopadi. Shuning uchun do’stlarimga ham tavsiya etamanki: Ehtiyot etsinlar, noahllarning qo’liga haqiqatlarni bermasinlar. Ham ahli dunyoning vahimalarini harakatga keltiradigan ishlarda ko’rinmasinlar.(Hoshiya)
Xotima
Bugun Ra`fat Beyning bir maktubini oldim. Lihya-i Sharifa haqidagi savoli munosabati ila deymanki: Hadischa sobitdirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Lihya-i Saodatidan tushgan sochlarning donalari ozdir. O’ttiz-qirq dona yoki ellik oltmish dona kabi oz bir miqdorda ekan, minglab yerda Lihya-i Saodatning sochlari bo’lishi, meni bir zamon ko’p o’ylattirdi. U vaqt xotiramga keldiki: Lihya-i Saodat yolg’iz Sharif Soqollarining sochlaridan iborat emas, balki boshi muboraklarining sochlari olinishi bilan hech bir narsasini yo’qotmagan Sahobalar, u nurli va muborak va doimiy yashaydigan sochlarni muhofaza etganlar. Ular minglabdir. Hozirgi borlariga teng kela oladilar. Yana u vaqt xotiramga keldiki: Ajabo har jome`da bo’lgan, sanadi sahih ila bu soch Hazrati Risolatning sochi bo’lgani sobitmidirki, unga qarshi ziyorat ma`qul bo’la olsin? Birdan xotiraga keldiki: U sochlarning ziyorati, vasiladir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga qarshi salovot keltirishga sabab va bir hurmat va muhabbatga madordir. Vasilalik jihati u narsaning zotiga boqmas, vasilalik jihatiga boqar. Shuning uchun agar bir soch haqiqiy bo’lib Lihya-i Saodatdan bo’lmasa, modomiki zohir holga ko’ra unday qabul etilgan va u vasilalik vazifasini qilmoqda va hurmatga va tavajjuhga va salovotga vasila bo’lmoqda; qat`iy hujjat ila u sochning zotini tashhis va tayin lozim emasdir. Yolg’iz, aksiga qat`iy dalil bo’lmasa, yetar. Chunki umumning shunday deyishi va qabuli ummat, bir navi hujjat hukmiga o’tadi. Ba`zi ahli taqvo bunday ishlarda, yo taqvo yoki ehtiyot yoki azimat nuqtasida qarshi chiqsalar-da, xususiy qarshidilar. Bid`at-da desalar, bid`ati hasana naviga dohildir. Chunki vasila-i salovotdir. Ra`fat Bey maktubida deydi: «Bu masala do’stlar o’rtasida madori munoqasha bo’lgan.» Do’stlarimga tavsiya etamanki: bo’linishga va ayrilishga sababiyat beradigan munoqasha etmasinlar. Yolg’iz fikr almashinish suratida nizosiz bahslarga bo’lsinlar.
* * *
(Hoshiya) Jiddiy bir masalaga vasila bo’lib biladigan bir latifa: «Kecha ertalab bir do’stimning kuyovi Mahmad yonimga keldi. Masrurona bashoratkorona dediki: «Sening bir kitobingni Ispartada bostirganlar, ko’plar o’qiyaptilar.» Men dedim: «U, man etilgan bosma emas balki chop mashinasiyla ba`zi nusxalar olinganki hukumat unga bir narsa demaydi.» Ham dedim: «Diqqat buni sening do’sting bo’lgan ikki munofiqga aytma. Ular shunday bir narsa qidiryaptilarki, bahona qilsinlar.» Mana qardoshlarim, bu odam garchi bir do’stimning kuyovidir; u munosabatla mening ham ahbobim sanaladi. Faqat sartaroshlik munosabati ila vijdonsiz muallim va mudirning do’stidir. U yerda do’stlarimizdan birisi bilmasdan shunday aytgan. Yaxshi bo’ldiki, eng avval keldi, menga xabar berdi. Men ham tanbeh etdim, yomonlikning oldi olindi. Va chop mashinasi minglab nusxalari bu parda ostida nashr etdi.