Ikkinchi Maroqli Savol: Bu ikki oy mobaynida hayajonli bir vaziyati siyosiya qarshisida menga, ham aloqador bo’lganim ko’p qardoshlarimga quvvatli bir ehtimol ila sevinch beradigan bir tashabbus etmoq lozim ekan, u vaziyatga hech ahamiyat bermasdan aksincha meni tazyiq etgan ahli dunyoning foydasi tomon bir fikrda bo’ldim. Ba`zi zotlar hayrat ichida hayratda qoldilar. Dedilarki: «Senga iskanja etgan bu yangilar va qisman munofiq boshdagi insonlarning ta`qib etganlari siyosatni qanday ko’ryapsanki aralashmayapsan?» Bergan javobimning qisqachasi shudirki: Bu zamonda ahli Islomning eng muhim tahlikasi, fan va falsafadan kelgan bir zalolatla qalblarning buzilishi va iymonning zadalanishidir. Buning chorayi yagonasi: Nurdir, nur ko’rsatmoqdirki, qalblar isloh bo’lsin, iymonlar qurtilsin. Agar siyosat tayog’iyla harakat etilsa, g’alaba qilinsa, u kofirlar munofiq darajasiga tushadi. Munofiq kofirdan ham yomondir. Demak, tayoq bunday bir zamonda qalbni isloh etolmas. U vaqt kufr qalbga kiradi, saqlanadi; nifoqqa inqilob etadi. Ham nur, ham tayoq.. ikkisi, bu zamonda men kabi bir ojiz bajarolmas. Shuning uchun butun quvvatimla nurga yopishiga majbur bo’lganimdan, siyosat tayog’i qay shaklda bo’lsa-bo’lsin qaramaslik lozim keladi. Ammo moddiy jihodning iqtizosi esa; u vazifa hozircha bizda emasdir. Ha, holatiga ko’ra kofirning yoki murtadning tajovuzini to’smoq uchun tayoq lozimdir. Faqat ikki qo’limiz bor. Agar yuz qo’limiz ham bo’lsa, faqat nurga yetarli bo’ladi. Tayoqni tutadigan qo’limiz yo’q!...
Uchinchi Maroqli Savol: Bu yaqinda Angliya va Italiya kabi ajnabiylarning bu hukumatga qarshi chiqishi bilan, eskidan beri bu vatandagi hukumatning haqiqiy nuqta-i istinodi va quvvayi ma`naviyasining manbayi bo’lgan homiyati Islomiyani jo’shqinlantirmoqla timsoli Islomiyaning bir daraja hayotlantiishga va bid`atlarning bir daraja daf`iga mador bo’lishi holda, nima uchun shiddatla urushga qarshi chiqting va bu masalaning osoyish ila hal etilishini duo etding va shiddatli bir suratda yangilarning hukumatlari tomon tarafdor chiqding? Bu esa, demakki bid`atlarga tarafdorlikdir?
Aljavob: Biz zafar va yengillik va surur va futuhot istaymiz. Faqat kofirlarning qilichi bilan emas. Kofirlarning qilichi boshlarini esin; qilichlaridan kelgan foyda bizga kerak emas. Zotan u qaysar ajnabiylardirki, munofiqlarni ahli iymonga qarshi etdilar va zindiqlarni yetishtirdilar. Ham urush balosi esa xizmati Qur`oniyamizga muhim bir zarardir. Bizning eng fidokor va eng qiymatdor qardoshlarimizning aksarisi qirq beshdan past bo’lganidan, urush vositasi ila vazifayi qudsiyayi Qur`oniyani tashlab askarlikka ketishga majbur bo’ladi. Mening pulim bo’lsa, husnu rizom ila, bunday qiymatdor qardoshlarimning har birisini askarlikdan qutqarmoq uchun, badali naqliya ming lira ham bo’lsa, berar edim. Bunday yuzlab qiymatdor qardoshlarimizning xizmati Qur`oniya-i Nuriyani tashlab moddiy jihod tayog’iga qo’l otishda, yuz ming lira o’z zararimizni his etar edim. Hatto Zekaiyning bu ikki yil askarligi, balki ming lira qadar ma`naviy foydasini yo’qottirdi. Nima bo’lganda ham… Qodiri Kulli Shay, bir daqiqada bulutlarla to’lgan osmon yuzini supurib tozalab, samoning qora yuzida ziyodor quyoshni ko’rsatgani kabi, bu zulumotli va rahmatsiz bulutlarni ham o’rtadan olib haqoiqi shariatni quyosh kabi ko’rsatadi va arzon va dabdabasiz berib biladi. Uning rahmatidan kutamizki, bizga qimmat sotmasin. Boshdagilarning boshlariga aql va qalblariga iymon bersin, yetar. O’sha payt ish o’z-o’zidan joy joyiga tushadi.