Lemalar lot | O’n Oltinchi Lam`a | 5
(1-10)

Ha, Kur`oni Hakimning mo’`jizona balog’ati ifodasi bu jumla ila ko’p masalalarni dars berobti. Avvalo: Zulqarnaynning g’arb tarafiga sayohati, shiddatli harorat zamonida va botqoqlik tomoniga va Quyoshning g’urub paytida va vulqonli bir tog’ning sochilishi vaqtiga tasoduf etganini bayon etmoqla, Afrikaning to’liq istilosi kabi ko’p ibratli masalalarga ishorat etadi. Ma`lumdirki: Ko’ringan Quyosh harakati, zohiriydir va Yer Sayyorasining maxfiy harakatiga dalildir; uni xabar beradi. Haqiqati g’urub murod emasdir. Ham chashma, tashbehdir. Uzoqdan katta bir dengiz, kichik bir hovuz kabi ko’rinadi. Haroratdan otilgan suv va bug’lar va botqoqliklar orqasida ko’ringan bir dengizni, balchiq ichida bir chashmaga tashbehi va Arabcha ham chashma, ham Quyosh, ham ko’z ma`nosida bo’lgan عَيْنٍ kalimasi, sirri balog’atcha g’oyat ma`nodor va munosibdir.(Hoshiya) (Xoshiya) Zulqarnaynning nazarida uzoqlik jihati ila shunday ko’ringani kabi, Arshi A`zamdan kelgan va jismi samoviyaga qo’mondonlik etgan samoviy xitobi Qur`oniy, bir musofirxonayi Rahmoniyada siroj vazifasini ko’rgan musahhar Quyoshni G’arbiy Okean kabi bir chashmayi Rabboniyda yashirinadi deyishi, azamatiga va ulviyatiga yarashadi va mo’`jizona uslubi ila, dengizni haroratli bir chashma va tumanli bir ko’z ko’rsatadi. Va samoviy ko’zlarga shunday ko’rinadi.

Alhosil: G’arbiy Okeanga balchiqli bir chashma ta`biri, Zulqarnaynga nisbatan uzoqlik nuqtasida u katta dengizni bir chashma kabi ko’rgan. Qur`onning nazari esa hamma narsaga yaqin bo’lgani jihatla, Zulqarnaynning his jo’shqinligi navidagi nazariga ko’ra boqolmas, balki Qur`on samovotga boqib kelganidan Yer sayyorasini goh bir maydon, goh bir saroy ba`zan bir beshik, ba`zan bir sahifa kabi ko’rganidan; suvli, bug’li katta G’aybiy Okeanni bir chashma ta`bir etishi, azamati ulviyatini ko’rsatadi.

Ikkinchi Savolingiz: Saddi Zulqarnayn qayerdadir? Yajuj, Majuj kimlardir?

Aljavob: Eskidan bu masalaga doir bir masala yozgan edim. U zamon mulhidlari u bilan ilzom bo’lgan edilar. Hozir ham u risola yonimda yo’qdir, ham quvvayi hofizam mashg’uliyatdan ta`til etgan, yordam bermayapti. Ham Yigirma To’rtinchi So’zning Uchinchi Shoxida bir ozgina bu masaladan bahs etilgan. Shuning uchun bu masalaning yolg’iz ikki-uch nuqtasiga g’oyat muxtasar bir ishorat etamiz. Shundayki:



(Hoshiya) فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍ daki عَيْنٍ ta`biri, sirri balog’atcha latif bir ma`noni ramzan ixtor etadi. Shundayki: "Samo va yuzi, Quyosh  ko’zi bilan zaminning yuzidagi jamoli rahmatni sayrdan so’ng, zamin ham dengiz ko’zi ila yuqoridagi azamati Ilohiyani tomoshani ta`qib etarkan; u ikki ko’z bir-biri ichiga yopilarkan, ro’yi zamindagi ko’zlarni yopadi." deya mo’`jizona bir kalima ila xotirlatadi va ko’zlar vazifasiga yakun ishoratiga ishorat etadi.

Аудио мавжуд эмас