Lemalar lot | O’n Oltinchi Lam`a | 4
(1-10)

 

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

 

 

Aziz siddiq Senirkantli do’stoarim Ibrohim, Shukru, Hofiz Bekir, Hofiz Husen, Hofiz Rajab Afandilar!

Xofiz Tavfiq bilan yuborganingiz uch masalaga dinsizlar eskidan beri hujum etadilar.

Birinchisi:  حَتَّى اِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ الشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍ oyatining ifoda etgan zohir ma`nosiga ko’ra: Quyoshning, haroratli va balchiqli bir chashma suvida botganini ko’rgan, deydi.

Ikkinchisi: Saddi-Zulqarnayn qayerdadir?

Uchinchisi: Oxirzamonda Hazrati Isoning (A.S.) kelishiga va Dajjolni o’lchirishiga doirdir.

Bu savollarning javoblari uzundir. Yolg’iz muxtasar bir ishorat bilan deymizki: Oyati Qur`oniya, uslubi Arabiya ustiga va zohir nazarga ko’ra umumning tushunadigan bir tarzda ifoda etgani uchun, ko’p marta tashbeh va tamsil suratida bayon etadi.

Mana تَغْرُبُ فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍ   ya`ni Quyoshning, haroratli va balchiqli bir chashma kabi ko’ringan G’arbiy Okeanning sohilida yoki vulqonli, olovli, tumanli tog’ning ko’zida g’urub etganini Zulqarnayn  ko’rgan. Ya`ni: Zohir nazarda G’arbiy Okeanning sohilida, yozning shiddatli harorati ila atrofidagi botqoqlik haroratlangan, bug’langani bir zamonda u bug’ orqasida katta bir chashma havzasi suratida uzoqdan Zulqarnaynga ko’ringan Okeanning bir qismida Quyoshning zohiriy g’urubini ko’rgan. Yoki vulqonli, tosh va tuproq va ma`dan suvlarini aralashtirib sochgan bir tog’ning boshida yangi ochilgan olovli ko’zida, samovotning ko’zi bo’lgan  Quyoshning yashiringanini ko’rgan.

Аудио мавжуд эмас