Ahli tahqiqning bayoniga ko’ra, ham Zulqarnayn unvonining ishorati ila, Yaman podshohlaridan Zulyazan kabi "zu" kalimasi ila boshlangan ismlari bo’lganidan bu Zulqarnayn, Iskandari Rumiy emasdir. Balki Yaman podshohlaridan birisidirki, Hazrati Ibrohimning zamonida bo’lgan va Hazrati Xizrdan dars olgan. Iskandari Rumiy esa miloddan taqriban uch yuz yil avval kelgan, Aristoteldan dars olgan. Tarixi bashariy, muntazam suratda uch ming yilga qadar ketadi. Bu noqis va qisqa tarix nazari, Hazrati Ibrohim zamonidan avval to’g’ridan to’g’ri hukm etolmaydi. Yo xurafovori, yo munkirona, yo g’oyat muxtasar ketadi. Bu Yamani Zulqarnayn, tafsirlarda eskidan beri Iskandar nomi ila tanilishining sababi, yo u Zulqarnaynning bir ismi Iskandardirki, Iskandari Kabir va Eski Iskandardir. Vayoxud oyati Qur`oniyaning zikr etgani hodisayi juz`iyalar; kulliy hodisaning uchlari bo’lgani jihatla:
Zulqarnayn bo’lgan Iskandari Kabirning nubuvvatkorona irshodoti ila zolim qavmlar ila mazlum millatlar o’rtasida to’siq va g’addorlarning hujumiga mone` bo’ladigan mashhur Chin devorining binosini qurgani kabi; Iskandari Rumiy kabi ko’plab jahongirlar va quvvatli podishohlar, moddiy jihatda va ma`naviy olami insoniyatning podshohlari bo’lgan bir qism anbiyo va ba`zi aqtob ham ma`naviy va irshodiy jihatdan u Zulqarnaynning orqasida ketib iqtido etib, mazlumlarni zolimlardan qutqaradigan choralarning muhimlaridan bo’lgan tog’lar o’rtalarida devorlarni(Hoshiya) , so’ngra tog’lar boshlarida qal`alarni qurganlar. Yo aynan moddiy quvvatlari ila vayoxud irshod va tadbirlari ila ta`sis etganlar. So’ngra shaharlarning atrofida surlarni va o’rtalarida qal`alarni, to so’ng chora bo’lgan zambarak to’plarni va qal`ayi sayyor kabi drinajlarni qilganlar. Hatto ro’yi zaminning eng mashhur devori va necha kunlik uzoq bir masofa bo’lgan Chin devorini Qur`on lisoni ila Yajuj va Majujning va boshqa ta`birla tarix lisonida Manjur va Mo’g’il deyilgan va olami bashariyatni necha marta ziru zabar etgan va Himalay Tog’larining orqasidan chiqqan va sharqdan g’arbga qadar xarob etgan qovmi vaxshiya va hujumkor millatlarning Hind va Chindagi qovmi mazlumaga tajovuzlarini to’xtatmoq uchun u Himalay silsilalariga yaqin ikki tog’ orasida uzun bir devor qilgani va u qovmi vahshiyaning ko’plab hujumlariga ko’p zamon mone` bo’lgani kabi, Kavkaz tog’larida Derbent jihatida yana bosqinchi hujumkor qovmi Totorlarning hujumini to’xtatmoq uchun Zulqarnayn-misol eski Eron podshohlarining himmati ila devorlar qilingandir. Bu navdan ko’p devorlar bor. Qur`oni Hakim umum navi bashar ila gapirgani uchun, zohiran bir hodisayi juz`iyani zikr etib, umum u hodisaga o’xshash hodisalarni ixtor etib gapiradi.
(Hoshiya) Ro’yi zaminda zamon o’tishiyla tog’ shaklini olgan, tanimaydigan bir suratga kelgan ko’p sun`iy devorlar bordir.