Mana bu nuqtayi nazardandirki, Devorga va Yajuj va Majujga doir rivoyatlar va tafsirchilarning so’zlari, boshqa boshqa ketadi.
Ham Qur`oni Hakim, munosabati kalom jihatida bir hodisadan uzoq bir hodisaga ulaydi. Bu munosabatni tushunmagan o’ylaydiki, ikki hodisaning zamonlari bir biriga yaqindir. Mana Devorning xarobiyatidan qiyomatning boshlanishi Qur`onning xabar berishi, qurbiyati zamon jihati ila emas, balki munosabati kalomiya jihatida ikki nuqta uchundirki: Ya`ni bu devor qanday xarob bo’ladi, xuddi shuning kabi dunyo ham xarob bo’ladi. Ham qandayki fitriy va Ilohiy devorlar bo’lgan tog’lar metindir, faqat qiyomatning boshlanishiyla xarob bo’ladilar; xuddi shuning kabi bu devor ham tog’ kabi metindir, faqat dunyoning xarob bo’lishi bilan tuproq ila yakson bo’lishi mumkin. Zamon o’zgarishlari tahribot qilsa ham, ko’pi sog’lom qoladi demakdir. Ha, Saddi Zulqarnaynning kulliyatidan bir fardi bo’lgan Chin devori minglab sana yashagani holda hali maydonda turmoqda. Insonning qo’li bilan zamin sahifasida yozilgan, mujassam, toshlangan, ma`nodor tarixi qadimdan uzun bir satr bo’lib o’qilmoqda.
Uchinchi Savolingiz: Hazrati Iso Alayhissalomning Dajjolni o’ldirishi, ham Birinchi Maktubda va ham O’n Beshinchi Maktubda g’oyat muxtasar va sizga yetarli bir javob bordir.
* * *