Mana bu oyat, bu nuqtayi nazardan yomg’irning vaqti nuzulini, mug’ayyibot-i hamsaga dohil etadi. Rasadxonalardagi asbobla, bir yomg’irning boshlanishini his etib vaqtini tayin etmoq, g’aybni bilmoq emasdir, balki g’aybdan chiqib olami shahodatga yaqinlashishi vaqtida ba`zi boshlanilishiga xabar suratida bilmoqdir. Qandayki, eng yashirin xodisayi g’aybiya voq`ega kelganiga vayoxud voqe`iga yaqin bo’lgandan so’ng qalban bo’lishini his etishning bir navi ila bilinadi. U, g’aybni bilmoq emas; balki u, mavjudni yoki bulishi yaqinlashganni bilmoqdir. Hatto men o’z asablarimda bir sezgirlik jihati ila yigirma to’rt soat avval, keladigan yomg’irni ba`zan his etaman. Demak yomg’irning boshlanishi, belgilari bor. U belgilar, namlik navidan o’zini ko’rsatadi, orqasida yomg’irning kelganini bildiradi. Bu hol, aynan qoida kabi, ilmi basharning g’aybdan chiqib hali shahodatga kirmagan paydo bo’lishiga bir vasila bo’ladi. Faqat hali olami shahodatga oyoq bosmagan va mashi`at-i xossa ila rahmati xossadan chiqmagan yomg’irning vaqti nuzulini bilmoq, ilmi Allam-ul G’uyubga maxsusdir.
Qoldi ikkinchi masala: Rentgen nuri ila rahmi modardagi bolaning erkak va ayolligini bilmoq ila وَ يَعْلَمُ مَا فِى اْلاَرْحَامِ oyatining maoli g’aybiyasiga qarshi bo’lmaydi. Chunki oyat yolg’iz erkaklik va ayollik holatiga emas, balki u bolaning ajib iste`dodi xususiysi va istiqbolda qozonadigan vaziyatiga mador bo’lgan holati hayotiyasining holatlari, hatto siymosidagi g’oyat ajib bo’lgan Samadiyat tamg’asiga muroddirki, bolaning u tarzda bilinishi, ilmi Allamul G’uyubga maxsusdir. Yuz ming rentgen misol fikri bashar birlashsa, yana u bolaning umum navi bashariyaga qarshi biror farqli alomatlari bo’lgan yolg’iz haqiqiy yuz tuzilishinini kashf etolmaydi. Qayerda qoldiki siymoyi vajhisidan yuz marta yanada horiqo bo’lgan iste`dodidagi siymoyi ma`naviyni kashf etaolsin. Boshda dedikki: Vujud va hayot va rahmat, bu koinotda eng muhim haqiqatlardir va eng muhim maqom ularnikidir. Mana shuning uchun u jami` haqiqati hayotiya, butun xususiyatlari ila va daqoiqiyla irodayi xossaga va rahmati xossaga va mashi`at-i xossaga boqishlarining bir siri shudirki: Hayot, butun jihozoti ila va jihati ila shukr va ubudiyat va tasbehning asos va madori bo’lganidandirki, irodayi xossaga hijob bo’lgan odatiylik va qoidalik va rahmati xossaga parda bo’lgan vositayi zohiriya qo’yilmagandir. Janobi Haqning rahmi modardagi bolalarning siymoyi moddiy va ma`naviylaridagi ikki jilvasi bor: