Lemalar lot | O’n Oltinchi Lam`a | 10
(1-10)

Birisi: Vahdatini va Ahadiyatini va Samadiyatini ko’rsatadiki, u bola a`zoyi asosida va jihozoti  insoniyaning navlarida boshqa insonlarla muvofiq va uyg’un bo’lgani jihatla, Xoliq va Sone`ning vahdatiga shahodat etadi. U chaqaloq bu lison ila baqiradiki: "Menga bu siymo va a`zoni bergan kim bo’lsa, butun asosoti a`zoda menga o’xshagan butun insonlarning yaratuvchisi ham Udir. Va ham butun zihayotning yaratuvchisi Udir."

Mana rahmi modardagi chaqaloqning bu lisoni, g’aybni emas, qoidaga va intizomga va nav`iga tobe` bo’lgani uchun ma`lumdir, bilinishi mumkin. Olami shahodatdan olami g’aybga kirgan bir shoxdir va bir tildir.

Ikkinchi jihat: Siymoyi iste`dodiyayi xususiyasi va siymoyi vajhiyayi shaxsiyasi lisoniyla Sone`ining ixtiyorini, irodasini va mashi`atini va rahmati xossasini va hech bir qayd ostida bo’lmaganini, baqirib ko’rsatadi. Faqat bu lison, g’aybul g’aybdan kelmoqda. Ilmi azaliydan boshqasi, qalb-al vujud buni ko’rolmaydi va ihota etolmaydi. Rahmi modarda ekan bu siymoning mingda bir jihozoti ko’rinishiyla, bilinmaydi!

Alhosil: Chaqaloqning siymoyi iste`dodisida va siymoyi vajhiyasida ham dalili vahdoniyat bor, ham ixtiyor va irodayi Ilohiyaning hujjati bordir. Agar Janobi Haq muvaffaq etsa, mug’ayyibot-i hamsaga doir ba`zi nuqtalar yoziladi. Hozircha bundan ko’p vaqtim va holim izn bermadi, tugataman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

* * *

Аудио мавжуд эмас