بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, fidokor, siddiq, vafodor qardoshlarim Xoja Sabri (R.H.) ve Xofiz Ali (R.H.); "Mug’ayyibot-i Hamsa"ga doir Surayi Luqmonning oxiridagi oyatning haqida muhim savolingizga g’oyat muhim bir javob istarkan, afsuski hozirgi holati ruhiyam va ahvoli moddiyam u javobga uyg’un emasdir. Yolg’iz savolingizga tegishli bir ikki nuqtaga g’oyat mujmal ishorat etamiz. Shu savolingizning maoli ko’rsatyaptiki, ahli ilhod tarafidan tanqid suratida mug’ayyibot-i hamsadan yomg’irning kelmoq vaqtiga va rahmi modardagi chaqaloqning holatiga e`tiroz etilgan. Deganlarki: "Rasadxonalarda bir asbob ila yomg’irning kelish vaqti kashf etiladi. Uni ham, Allohdan boshqasi ham biladi. Ham rentgen nuri ila rahmi modardagi chaqaloqning erkak, ayol bo’lgani aniqlanadi. Demak mug’ayyibot-i hamsani bilish mumkindir?"
Aljavob: Yomg’irning vaqti nuzuli bir qoidaga bog’liq bo’lmagani uchun, to’g’ridan to’g’riga mashi`at-i xossa-i Ilohiya ila bog’liq va xazinayi rahmatdan xususiy irodaga tobe` bo’lganining bir siri hikmati shudirki: Koinotda eng muhim haqiqat va eng qiymatdor mohiyat; nur, vujud va hayot va rahmatdirki, bu to’rt narsa pardasiz, vositasiz, to’g’ridan to’g’riga qudrati Ilohiya va mashi`at-i xossa-i Ilohiyaga boqadi. Boshqa masnuotda zohiriy sabab, qudratning tasarrufida parda bo’ladilar. Va muntazam qonunlar va qoidalar, bir daraja iroda va mashi`atga hijob bo’ladi. Faqat vujud, hayot va nur va rahmatda u pardalar qo’yilmagan. Chunki pardalarning siri hikmati u ishda jarayon etmaydi. Modomiki vujudda eng muhim haqiqat, rahmat va hayotdir; yomg’ir, hayotga asos va madori rahmat, balki ayni rahmatdir. Albatta vositalar parda bo’lmaydi. Qoida va odatiylik ham, mashi`at-i xossa-i Ilohiyani parda etolmaydi; toki har vaqt, harkas, hamma narsada shukr va ubudiyatga va savol va duoga majbur bo’lsin. Agar bir qoida dohilida bo’lsa edi, u qoidaga ishonib shukr va umid eshigi yopilar edi. Quyoshning chiqishida naqadar manfaatlar bo’lgani ma`lumdir. Holbuki muntazam bir qoidaga tobe` bo’lganidan, Quyoshning chiqishi uchun duo etilmaydi va chiqishiga doir shukr qilinmaydi. Va ilmi bashariy u qoidaning yo’li ila ertaga Quyoshning chiqishini bilgani uchun, g’ayb sanalmaydi. Faqat yomg’irning juz`iyati bir qoidaga tobe` bo’lmagani uchun, har vaqt insonlar umid va duo ila dargohi Ilohiyaga iltijoga majbur bo’ladilar. Va ilmi bashariy, vaqti nuzulini tayin etolmagani uchun, faqatgina xazinayi rahmatdan bir ne`mati xususiy talaqqiy etib haqiqiy shukr etadilar.