Lemalar lot | Yigirmanchi Lam’a | 1
(1-12)

Yigirmanchi Lam’a

 

IXLOS HAQIDA

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

اِنَّا اَنْزَلْنَا اِلْيْكَ الْكِتَابَ بِاْلحَقِّ فَاعْبُدِ اللّهَ

مُخْلِصًا لَهُ الدِّينَ اَلاَ لِلّهِ الدِّينُ الْخَالِصُ

oyati ila va

هَلَكَ النَّاسُ اِلاَّ الْعَالِمُونَ وَهَلَكَ الْعَالِمُونَ اِلاَّ الْعَامِلُونَ

وَهَلَكَ الْعَامِلُونَ اِلاَّ الْمُخْلِصُونَ وَالْمُخْلِصُونَ عَلَى خَطَرٍ عَظِيمٍ.

(av kamo qol) hadisi sharifi ikkisi shuni ko’rsatadiki, ixlos Islomiyatning nihoyatda muhim bir asosidir. Ushbu ixlos masalasining hadsiz hikmatlaridan faqat Besh Nuqtani muxtasaran bayon etamiz.

 

BIRINCHI NUQTA

 

Muhim va mudhish bir savol:

Ahli dunyo, ahli g’aflat, hatto ahli zalolat va munofiqlar o’zaro raqobat etmay ittifoq qilayotganlari holda, nima uchun ahli Haq va ahli vafo bo’lmish ashobi diyonat va ahli ilm va ahli tariqat o’zaro raqobatla ixtilof etayotirlar? Ittifoq vafo ahlining Haqqi, ixtilof munofiqlarga xos ekan, nimaga bu Haqlik u yoqqa o’tdi va u haqsizlik bu yoqqa keldi?

Al-javob. Ahli hamiyatni yig’latadigan bu alamli va fojiali, mudhish hodisaning g’oyat ko’p sabablari bor, shulardan yettitasini bayon etamiz.

BIRINCHI SABAB

Ahli haqning ixtilofi nohaqliklaridan bo’lmaganidek, ahli g’aflatning ittifoqi ham haqliklaridan emasdir.

Balki ahli dunyo, ahli siyosat va fan ahli kabi ijtimoiy hayotning tabaqalariga doir bittadan muayyan vazifa bilan va o’ziga xos bir xizmat bilan mashg’ul toifalarning, jamoatlarning va jamiyatlarning vazifalari aniq-aniq qilib taqsimlab olingan. Va hayotini ta`minlash nuqtasida u vazifalari evaziga oladigan moddiy haqlari hamda mansabsevarlik va shonu sharaf nuqtasida insonlar e`tiborini qozonishdan(Izoh) oladigan ma`naviy ajrlari tayin bo’lgan, ayrilgan. o’rtalarida mushkulliklarni, nizo va raqobatni tug’diradigan darajada bir ishtirok yo’q. Shuning uchun, o’zlari naqadar yomon maslakda yursalar ham bir-birlari bilan ittifoq qila oladilar.



(Izoh) Eslatma: Insonlarning e`tiboriga tushish istanilmaydi, balki beriladi. Berilganda ham u bilan sevinilmaydi. Sevinsa ixlosni yo’qotadi, riyoga kiradi. Shonu sharaf orzusida insonlar e`tiboriga tushgan bo’lsa, bu ajr va mukofot emas, balki ixlossizlikdan  kelgan bir kaltak va bir jazodir. Ha, solih amalning hayoti bo’lgan ixlosning zarariga bo’lgan obro’-e`tibor va shonu sharaf qabr eshigiga qadar vaqtinchalik oz bir lazzat berib, qabrning narigi tarafida azobi qabrdek noxush bir shakl olganidan, insonlar e`tiboriga tushishni orzu qilish u yoqda tursin, balki undan nafratlanmoq va qochmoq lozim. Shuhratparastlarning va shonu sharaf peshida chopganlarning quloqlarida jaranglasin!

Аудио мавжуд эмас