Ammo ahli din va ashobi ilm va arbobi tariqatga kelsak, bulardan har birining vazifasi umumga aloqadorligi bilan bir qatorda, naqd oladigan ajrlari ham aniq emas, maxsus belgilanmagan. Hamda har birining ijtimoiy maqomda va insonlarning nazari-e`tiborini qozonishda va insonlar tarafidan chiroyli qabul qilinishda ulushlari maxsus ajratilmagan. Bunda bir maqomga ko’plar nomzod bo’ladi. Moddiy va ma`naviy har bir ajrga ko’p qo’llar cho’zilishi mumkin. Bu holatdan mushkulliklar va raqobat tug’ilib, vafoni munofiqlikka, ittifoqni ixtilofga aylantiradi.
Mana bu mudhish kasallikning malhami va davosi — ixlosdir. Ya`ni, haqparastlikni nafsparastlikdan ustun qo’yish bilan; hamda faqning xotirini nafsning va manmanlikning xotiridan ustun qo’yish bilan: اِنْ اَجْرِىَ اِلاَّ عَلَى اللّهِ siriga sazovor bo’lib, insonlardan keladigan moddiy va ma`naviy ajrlardan o’zni tiyish bilan;(Izoh) وَمَا عَلَى الرَّسُولِ اِلاَّ الْبَلاَغُ siriga sazovor bo’lib, husni qabul va husni ta`sir va insonlarning e`tiborini qozonish jihatlari Janobi Haqning vazifasi va ehsoni ekanini, hamda uning asl vazifasi bo’lmish tablig’ doirasiga kirmasligini va lozim ham emasligini va bu ishlarga buyurilgan ham emasligini bilish bilan ixlosga muvaffaq bo’ladi. Aks holda ixlosni qochiradi.
IKKINCHI SABAB
Ahli zalolatning ittifoqlari, ularning tubanligidandir, ahli hidoyatning ixtiloflari, ularning izzatidandir.
Ya`ni, ahli g’aflat bo’lmish ahli dunyo va ahli zalolat, Haq va haqiqatga suyanmaganlari uchun zaif va xorlikdadirlar. O’zlari xor bo’lganidan, quvvat olmoqqa muhtojdirlar. Bu ehtiyoj tufayli boshqalarning yordamiga va ittifoqiga samimiy yopishadilar. Hatto maslaklari zalolat bo’lsa ham, baribir ittifoqni muhofaza etadilar. Go’yo u haqsizlikda bir haqparastlik, u zalolatda bir ixlos, u dinsizlikda dinsizlarcha bir taassub va ul munofiqlikda bir vafodorlik ko’rsatadilar, bunga muvaffaq ham bo’ladilar. Chunki samimiy bir ixlos, garchi yomonlikda bo’lsa ham, natijasiz qolmaydi. Ha, ixlos bilan kim nima istasa, Alloh beradi.(Izoh1)
(Izoh) Sahobalarning Qur`onning sanosiga sazovor bo’lgan «iysor» xislatini o’ziga rahbar qilmoq, ya`ni, hadya va sadaqa qabul qilishda boshqalarni o’zidan loyiqroq deb bilmoq va diniy xizmati evaziga kelgan moddiy manfaatni istamay va qalban talab qilmay, tamoman Allohning ehsoni deb bilib, insonlardan minnat olmay va diniy xizmatning evaziga deb ham olmaslikdir. Chunki, diniy xizmatning evaziga dunyoda bir narsa istamaslik kerak-ki, ixlos qochmasin. Ummat ularning tirikchiligini ta`minlashiga garchi haqlari bo’lsa-da, ham zakotga mustahaq bo’lsalar-da, biroq bular istanilmaydi, balki beriladi. Berilgan vaqtida esa: «Xizmatimning mukofoti,» deyilmaydi. Mumkin qadar qanoatkorona, boshqa ahil va yanada mustahaq bo’lganlarning nafsini o’z nafsidan ustun qo’yish va وَ يُؤْثِرُونَ عَلَى اََنْفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ siriga sazovor bo’lish bilan bu mudhish tahlikadan qutulib, ixlosni qozona oladi.
(Izoh1) Ha, مَنْ طَلَبَ وَ جَدَّ وَجَد Haqiqatning bir dasturidir. Taalluq doirasi keng, kengligi maslagimizni ham o’z ichiga oladi.