Lemalar lot | Yigirma Birinchi Lam’a | 1
(1-9)

Yigirma Birinchi Lam’a

IXLOS HAQIDA

 

BU YOG’DU LOAQAL HAR O’N BESH KUNDA BIR DAF`A O’QILISHI LOZIM

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

وَلاَ تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ ۞ وَ قُومُوا لِلّهِ قَانِتِينَ ۞

 قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّيَهَا وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسّيَهَا ۞ وَلاَ تَشْتَرُوا بِآيَاتِى ثَمَنًا قَلِيلاً

 

Ey qiyomatli qardoshlarim va ey Qur`on xizmatida yelkadoshlarim! Bilasiz va bilingizki, bu dunyoda, xususan uxroviy xizmatlarda

eng muhim bir asos,

eng buyuk bir quvvat,

eng maqbul bir shafoatchi,

eng metin bir suyanch nuqtasi,

Haqiqat sari eng qisqa bir yo’l,

eng maqbul bir ma`naviy duo,

maqsadlar sari eng karomatli eltguvchi,

eng yuksak bir xislat,

eng sof bir ibodat — ixlosdir.

Modomiki ixlosda mazkur xossalar kabi ko’p nurlar va ko’p quvvatlar bor va modomiki bu mudhish zamonda va dahshatli dushmanlar qarshisida va shiddatli tazyiqlar ostida va savlatli bid`atlar, zalolatlar ichida bizlar g’oyat oz va zaif va faqir va quvvatsiz bo’lganimiz holda, ehsoni Ilohiy tomonidan zimmamizga g’oyat og’ir va buyuk va umumiy va qudsiy bir iymon vazifasi va Qur`on xizmati yuklangan ekan.

Albatta, har kimdan ziyoda butun quvvatimiz bilan ixlosni qozonishga majbur va mukallafmiz. Va ixlosning sirrini o’zimizga jo qilmoq uchun g’oyat darajada muhtojmiz. Yo’qsa, ham hozirga qadar qozongan muqaddas xizmatimiz qisman zoe bo’ladi, davom etmaydi, ham qattiq mas`ul bo’lamiz.

وَلاَ تَشْتَرُوا بِآيَاتِى ثَمَنًا قَلِيلاً oyatidagi shiddatli tahdidkorona Ilohiy ta`qiqqa xilof tarzda, abadiy saodatimiz zarariga... va ma`nosiz, keraksiz, zararli, qayg’uli, xudfurushona, qo’pol, riyokorona ba`zi tuban hislarni va juz`iy foydalarni deb ixlosni sindirish bilan, ham bu xizmatdagi umum qardoshlarimizning huquqiga tajovuz, ham Qur`on xizmatiga hujum, ham iymon haqiqatlarining muqaddasligiga hurmatsizlik qilgan bo’lamiz.

Аудио мавжуд эмас