Lemalar lot | Yigirma Birinchi Lam’a | 4
(1-9)

Ham e`tirof etamanki, samimiy ixlosingiz ila shon va sharaf pardasi ostida nafsimni silagan riyodan meni bir daraja qutqardingiz. InshoAlloh, tom ixlosga muvaffaq bo’lasiz, meni ham tom ixlosga yo’llagaysiz.

Bilasizki, Hazrati Ali (R.A.) u mo’`jizavoriy karomati ila va Hazrati G`avsi A`zam (Q.S.) u xoriqo g’aybiy karomati ila sizga, bu ixlos siriga binoan, iltifot etayotirlar. Va himoyakorona tasalli berib, xizmatingizni ma`nan olqishlayotirlar. Ha, hech shubha etmangizki, bu e`tiborlari ixlosga binoandir. Agar bilib turib bu ixlosni sindirsangiz, ulardan ta`zir eysiz. o’ninchi Lam`ada bayon etilgan shafqatli ta`zirlarni eslangiz.

Shunday ma`naviy qahramonlarni orqangizda tayanch, boshingizda ustoz sifatida ko’rishni istasangiz,  وَ يُؤْثِرُونَ عَلَى اََنْفُسِهِمْ ning ma`nosiga ko’ra, tom ixlosni qozoningiz. Sharafda, maqomda, obro’-e`tiborda, hatto moddiy manfaat kabi nafsga yoqadigan narsalarda qardoshlaringizning nafslarini o’z nafsingizdan ustun qo’yingiz.

Hatto eng latif va go’zal bir iymoniy haqiqatni muhtoj bir mo’minga bildirishdek eng ma`sumona va zararsiz manfaatda ham, mumkin bo’lsa, nafsingizni havolantirmaslik uchun, bu ishni xohlamayotgan bir do’stingiz orqali qildirishni yoqtiring. Agar: «Men savob qozonayin, bu go’zal masalani men so’zlayin», degandek orzuingiz bo’lsa, garchi bunda bir gunoh va zarar yo’qdir, ammo oralaringizdagi ixlosga zarar kelishi mumkin.

TO’RTINCHI DASTURINGIZ

Qardoshingizning ustunliklarini shaxsingizda va fazilatlarini o’zingizda tasavvur etib, ularning sharaflari ila shokirona iftixor etishdir.

Ahli tasavvuf orasida «fano fish-shayx» va «fano fir-rasul» istilohlari bor. Men so’fiy emasman. Ammo ularning bu dasturlari bizning maslakda «fano fil-ixvon» shaklida go’zal bir dastur bo’la oladi. Qardoshlar orasida bu hol «tafoniy» deyiladi. Ya`ni, bir-birida foniy bo’lishdir. Ya`ni, o’zining nafsoniy hissiyotini unutib, qardoshining fazilatlari va hissiyotlari bilan fikran yashamoqdir. Zotan, maslagimizning asosi birodarlikdir. Ota bilan bola, shayx bilan murid o’rtasidagi munosabat emasdir. Balki Haqiqiy birodarlik munosabatlaridir. Juda nari borsa, ustozlik munosabati oraga kiradi.

Maslagimiz «xaliyliya» bo’lganidan, mashrabimiz xillatdir. Xillat esa, eng yaqin do’st va eng  fidokor o’rtoq va eng go’zal taqdirlovchi yo’ldosh va eng mard qardosh bo’lishni taqozo etadi. Bu xillatning ussul asosi — samimiy ixlosdir. Samimiy ixlosni sindirgan odam xillatning g’oyat yuksak minorasi ustidan qulaydi. g`oyat chuqur bir jarlikka qulash ehtimoli bor, o’rtada tutib qoladigan bir narsa topilmas.

Аудио мавжуд эмас