Lemalar lot | Yigirma Birinchi Lam’a | 6
(1-9)

IKKINCHI SABAB: Haqiqiylashgan iymonning quvvati yordamida, hamda Sone`ning ma`rifatiga yetkazuvchi va masnuotlarni iymoniy tafakkur qilishdan taralguvchi Shu`lalar yordamida bir navi huzurga erishib, Xoliqi Rohiymning hoziru nozir ekanini o’ylab, Undan boshqaning nazari e`tiborini kutmaslik, Uning huzurida turib boshqalarga ko’z tikish va ulardan madad istash, ul huzurning odobiga zid ekanini o’ylash bilan riyodan qutulib, ixlosni qozonadi. Nima bo’lganda ham, bunda ko’p darajalar, martabalar bor. Har kim o’z darajasiga ko’ra qancha istifoda etolsa, shuncha foydadir. Risolai Nurda riyodan qutqaruvchi, ixlosni qozontirvchi ko’p haqiqatlar zikr etilgani uchun, unga havola etib, bu yerda gapni qisqa qilamiz.

Ixlosni sindiradigan va riyoga yetaklaydigan g’oyat ko’p sabablardan ikki-uchtasini bayon etamiz.

BIRINCHISI: Moddiy manfaatdan keladigan raqobat asta-sekin ixlosni sindiradi. Ham yana, xizmatning natijasini ham zadalaydi. Ham yana, moddiy manfaatni ham qochiradi.

Ha, bu millat haqiqat va oxirat uchun harakat qilganlarga nisbatan doimo hurmatda va yordam berish fikrida bo’lgan. Va bevosita ularning haqiqiy ixloslariga, hamda sadoqatli xizmatlariga bir jihatda ishtirok etish niyatida, ular o’z moddiy ehtiyojlarini ta`minlash bilan vaqtlarini zoe etmasinlar deya, sadaqa va hadya singari moddiy manfaatlar bilan yordam qilib, hurmat ko’rsatgan. Lekin bu yordam va manfaat istanilmaydi, balki beriladi. Ham qalban orzu etib intizor bo’lish bilan, ya`ni, holati bilan istanilmaydi. Balki o’zi kutmagan bir holda beriladi. Yo’qsa, ixlosi zadalanadi. Ham وَلاَ تَشْتَرُوا بِآيَاتِى ثَمَنًا قَلِيلاً oyatining ta`qiq doirasiga kirib qoladi, amali qisman kuyadi.

Mana shu moddiy manfaatni orzu etib, unga intizor bo’lish bilan nafsi ammora, xudgamligi bois, u manfaatni boshqaga oldirmaslik uchun Haqiqiy bir qardoshiga va u xususiy xizmatdosh birodariga nisbatan bir raqobat hissini uyg’otadi. Ixlosi zadalanadi, xizmatda qudsiyatni yo’qotadi, ahli Haqiqat nazarida tuban bir vaziyatda ko’rinadi. Va moddiy manfaatdan ham ayriladi. Xullasi kalom, bu mavzu uzun, gapiraman desa gap ko’p. Ammo So’zni qisqa qilib, Haqiqiy qardoshlarimning orasidagi sirri ixlosni va samimiy ittifoqni kuchaytiradigan ikki misol aytaman.

Аудио мавжуд эмас