Lemalar lot | Yigirma Birinchi Lam’a | 9
(1-9)

Holbuki, maslagimiz birodarlikdir. Qardosh qardoshga ota bo’la olmas, o’zini murshid qilib ko’rsata olmas. Birodarlikdagi maqom kengdir. Bir-biriga hasadkorona zahmat yetkazishga sabab bo’la olmaydi. Juda nari borsa, qardosh qardoshga yordamchi va yelkadosh bo’ladi, bir-birining xizmatini mukammallashtiradi. Otalik va murshidlik asosidagi maslaklarda, savobga o’ta o’chlik va olihimmatlik jihatida ko’p zararli va xatarli natijalar yuzaga keladi. Ahli tariqatning juda muhim va azim kamolotlari va manfaatlari ichidagi ixtiloflar va raqobatdan kelib chiqadigan vahim natijalar bunga dalildirki, ularning u azim, qudsiy quvvatlari bid`at dovullari qarshisida dosh berolmayotir.

UCHINCHI MONE’ – qo’rquv va tamadir. Bu mone boshqa monelar qatori Hujumoti Sittada to’la izohlangani uchun unga havola etib, Janobi Arhamur-rohimiyndan butun Asmoi Husnosini shafoatchi qilib niyoz etamizki, bizlarni ixlosi tommaga muvaffaq aylasin. Omiyn!

اَللّهُمَّ بِحَقِّ سُورَةِ اْلاِخْلاَصِ اِجْعَلْنَا مِنْ عِبَادِكَ الْمُخْلِصِينَ الْمُخْلَصِينَ آمِينَ آمِينَ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

* * *

 

Аудио мавжуд эмас