Xullas, ey qardoshlarim! Modomiki dunyoviy va oddiy ishlarda birdamlik va ittifoq shunday natijalar, shunday ulkan yakuniy foydalar berar ekan. Uxroviy va nuroniy ishlarda esa bu foyda va natijalarni bo’lishga va taqsimlashga hojat yo’q. Aksincha, fazli Ilohiy ila har birining oynasiga umum nur aks etadi, har kim umumning qozongan miqdoricha savobga ega bo’ladi. Bu esa, naqadar buyuk bir foyda ekanini qiyos eta olasiz. Bu ulkan foydani raqobat va ixlossizlik tufayli qo’ldan boy bermaslik kerak!
IXLOSNI SINDIRADIGAN IKKINCHI MONE’: Hubbi johdan tug’iluvchi shuhratparastlikning turtkisi ila va shon-sharaf pardasi ostida ommaning e`tiborini qozonish, nazari diqqatni o’ziga jalb etish bilan manmanlikni kuchaytirish va nafsi ammoraga bir maqom berishdirki, bu eng muhim bir ruhiy xastalik bo’lishidan tashqari, maxfiy shirk deb ta`riflangan riyokorlikka, xudfurushlikka ham eshik ochadi, ixlosni zadalaydi.
Ey qardoshlarim! Qur`oni Hakiymning xizmatidagi maslagimiz haqiqat va birodarlik bo’lgani, birodarlikning ma`nosi esa, shaxsiyatini qardoshlar ichida foniy etibIzoh , ularning nafslarini o’zining nafsidan ustun qo’yish bo’lgani uchun, bu turdagi hubbi johdan tug’iluvchi raqobat o’rtamizni buzmasligi kerakdir. Chunki bu narsa maslagimizga tamoman ziddir. Modomiki qardoshlarning sharaflari umumiylashib har bir kishiga oid bo’lishi mumkin ekan, u buyuk ma`naviy sharafni shaxsiy, xudfurushona, raqobatkorona, juz`iy bir sharafga va shuhratga fido etmoqdan Risolai Nur shogirdlari yuz daraja uzoq bo’ladilar degan umiddaman.
Ha, Risolai Nur shogirdlarining qalbi, aqli, ruhi bunday tuban, zararli, sufliy narsalarga tanazzul etmaydi. Lekin har kimda ham nafsi ammora bor. Ba`zan nafsoniy hissiyotlar qon-qoniga singib ketadi; qalb, aql va ruhga zid o’laroq, hukmini bir daraja ijro etadi. Sizning qalb va ruh va aqllaringizdan shubha qilmayman. Risolai Nur bergan ta`sirga binoan sizlarga ishonaman. Lekin nafs va havo va his va vahimalar ba`zan insonni aldaydi. Shuning uchun goho shiddatli tanbeh etilayotirsiz. Bu shiddat nafs va havoingiz, his va vahmingizga qaratilgan, hushyor bo’lingiz.
Ha, agar maslagimiz shayxlik bo’lsa edi, maqom bir bo’lar edi va yoxud sanoqlik maqomlar bo’lardi. U maqomlarga ko’plab iste`dodlar da`vogarlik qilardi va natijada havaskorona bir xudgamlik o’rtaga chiqishi mumkin edi.
Izoh Ha, baxtiyor udirki, kavsari Qur`oniydan suzilgan totli, ulkan bir hovuzni qozonmoq uchun, bir muz parchasi navidagi shaxsiyatini va manmanligini u hovuz ichiga otib eritgandir.