Lemalar lot | Yigirma Birinchi Lam’a | 5
(1-9)

Ha, ko’rinib turibdiki, yo’l ikkidir. Eng buyuk Qur`oniy yo’l bo’lmish bu maslagimizdan hozir ayrilganlar, o’zlari bilmagan holda, bizga dushman dinsizlik kuchlariga yordam qilib qo’yishlari mumkin. InshoAlloh, Risolai Nur yo’li ila Qur`oni Mo’`jizul Bayonning muqaddas doirasiga kirganlar hamisha nurga, ixlosga, iymonga quvvat berajaklar va unday jarliklarga qulamayajaklar.

Ey Qur`on xizmatida yelkadoshlarim! Ixlosni qozonmoq va muhofaza etmog’ning eng ta`sirli BIRINCHI sababi, robitai mavtdir*.

Ha, ixlosga zada yetkazuvchi va riyoga va dunyoga itaruvchi narsa bitmas istaklar (tu`li amal) bo’lsa, riyodan nafrat ettiruvchi va ixlosni qozontiruvchi narsa, robitai mavtdir. Ya`ni, o’limini o’ylab, dunyoning foniy ekanini mulohaza etib, nafsning vasvasalaridan qutulishdir. Ha, ahli tariqat va ahli haqiqat Qur`oni Hakiymning

كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ اْلمَوْتِ۞ اِنَّكَ مَيِّتٌ وَاِنَّهُمْ مَيِّتُونَkabi oyatlaridan olgan darslari ila suluklarida robitai mavtni asos tutganlar; Bitmas istaklarning manbai bo’lmish, abadiy dunyoda qolaman degan o’yni u robita yordamida yo’q qilganlar. Ular farazan va xayolan o’zlarini o’lgandek tasavvur va xayol qilib, jasadlarining yuvilayotganini, qabrga qo’yilayotganini faraz qilib o’ylayverganidan, nafsi ammora bu taxayyul va tasavvurdan ta`sirlanib, uzun orzularidan bir daraja voz kechadi. Bu robitaning foydalari juda ko’pdir. Hadis اَكْثِرُوا ذِكْرَ هَادِمِ اللَّذَّاتِ (av kamo qol), Ya`ni: «Lazzatlarni ketkazib achchiqlashtiruvchi o’limni ko’p zikr qilinglar», deya bu robita haqida dars beradi.

Lekin maslagimiz tariqat emas, balki haqiqat bo’lgani uchun, bu robitani ahli tariqat kabi faraziy va xayoliy shaklda barpo etishga majbur emasmiz. Ham bu ish, haqiqat maslagiga uyqun kelmaydi. Maslagimiz — oqibatni o’ylash orqali istiqbolni hozirgi zamonga keltirish emas, balki haqiqat nuqtasida zamoni hozirdan istiqbolga fikran borish, nazar solishdir. Ha, inson xayolni, farazni hech ishlatmasdan ham, bu qisqa umr daraxtining yolg’iz mevasi bo’lmish o’z jasadini ko’ra oladi. Bu yo’l bilan faqat o’zining o’limini ko’rgani kabi, bir miqdor oldinga borsa, asrining o’limini ham ko’radi, yana bir miqdor oldinga borsa, dunyoning o’limini ham mushohada etadi, eng mukammal ixlosga yo’l ochadi.

Аудио мавжуд эмас