Lemalar lot | Yigirma Ikkinchi Lam`a | 1
(1-8)

Yigirma Ikkinchi Lam`a

 

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Ispartaning odil voliysiga va adliyasiga va zobitasiga…eng mahram va eng xos va xolis do’stlarimga maxsus ravishda yigirma ikki yil oldin Ispartaning Barla nohiyasida ekanman yozgan g’oyat mahram bu risolachamni Isparta millati ila va hukumati ila aloqadorligini ko’rsatgani uchun taqdim etaman. Agar munosib ko’rilsa, yoki yangi yoki eski harfla qo’lyozma ila bir nechta nusxa yozilsinki, 25-30 yildir sirlarimni qidirganlar va nazorat etganlar ham tushunsinlarki; yoshirin hech qanday sirimiz yo’q. Va eng yoshirin sirimiz mana shu risoladir; bilsinlar!

Said Nursiy

Ishorat-ul Salosa

 

O’n Yettinchi Lam`aning O’n Yettinchi Notasining Uchinchi Masalasi ekan savollarining shiddat va ihota va javoblarining quvvat va porloqligiga binoan, O’ttiz Birinchi Maktubning Yigirma Ikkinchi Lam`asi bo’lib Lam`alarga qo’shildi. Lam`alar bu Lam`aga yer berishlari kerak. Mahramdir; eng xos va xolis va sodiq do’stlarimizga maxsusdir.

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ اِنَّ اللّهَ

بَالِغُ اَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا

 

Bu Masala «Uch Ishorat»dir.

Birinchi Ishorat: Shaxsimga va Risolayi Nurga oid muhim bir savol.

Ko’plar tomonidan deyiladiki: Sen ahli dunyoning dunyosiga qo’shilmaganing holda, nimaga, har fursatda ular sening oxiratingga qo’shiladilar. Holbuki hech bir hukumatning qonuni, tarki dunyolarga va yakka yashovchilarga aralashmaydi?

Аудио мавжуд эмас