Lemalar lot | Yigirma Ikkinchi Lam`a | 3
(1-8)

Ikkinchi ishorat: Tanqidkorona bir savolga javobdir.

Ahli dunyo tomonidan deyiladiki: Sen nima uchun bizdan xafa bo’lding?  Bir marta bo’lsa ham hech murojaat etmasdan sukut etding? Bizdan shiddatli shikoyat etib «Menga zulm qilyapsizlar!» deysan. Holbuki bizning bir prinsipimiz bor, bu asrning muqtazosi bo’lib xususiy dasturlarimiz bor. Bularning tatbiqini sen o’zingga qabul etmayapsan. Qonunni tatbiq etgan zolim bo’lmas, qabul etmagan isyon etar. Xususan: Bu asri hurriyatga va bu yangi boshlaganimiz jumhuriyatlar davrida, tenglik asosi ustida diktatorlik va ustunlikni olib tashlash dasturi, bizning bu qonuni asosimiz hukmiga o’tgani holda, sen goh ho’jalik, goh zohidlik suratida tavajjuhi ommani qozonib, nazari diqqatni o’zingga jalb etib, hukumatning nufuzi xorijida bir quvvat, bir maqomi ijtimoiy qo’lga kiritishga harakat qilganing, zohir holing va eski zamondagi mojaroyi hayotining dalolati ila tushuniladi. Bu hol esa, -hozirgi ta`bir ila –burjuylarning diktatorchasiga tahakkumlari ichida xush ko’rinishi mumkin. Faqat bizning tabaqayi avomning uyg’onishi ila va g’alabasi ila tazohur etgan tom sotsializm va bolshevizm dasturlari, bizning yanada ziyoda ishimizga yaragani uchun; u sotsializm dasturlarini qabul etganimiz holda, sening vaziyating bizga og’ir kelyapti, prinsiplarimizga muxolif tushyapdi. Shuning uchun senga berganimiz siqintidan shikoyatga va xafa bo’lishga haqqing yo’qdir.

Aljavob: Hayoti ijtimoiyayi bashariyada bir yo’l ochgan, agar koinotdagi qonuni fitratga muvofiq harakat etmasa; xayrli ishlarda va taraqqiyda muvaffaq bo’lolmas. Butun harakati yomonlik va buzg’unchilik hisobiga o’tar. Modomiki qonuni fitratga tatbiqi harakatga majburiyat bor; albatta fitrati bashariyani almashtirmoq va navi basharning hilqatidagi hikmati asosiyani olib tashlash bilan, mutloq tenglik qonuni tatbiq etilabilir. Ha, men nasaban va hayotcha avom tabaqasidanman. Va mashraban va fikran «teng huquqlik» maslagini qabul etganlardanman. Va shafqatan va Islomiyatdan kelgan siri adolat ila, burjua deyilgan tabaqayi havasning istibdod va diktatorliklariga qarshi eskidan beri qarshilik bilan harakat qilganlardanman. Shuning uchun butun quvvatim ila mutloq adolat tomonida, zulm va ustunlik va diktatorlik va istibdodga qarshiman. Faqat navi basharning fitrati va siri hikmati, mutloq tenglik qonuniga ziddir. Chunki Fotiri Hakim, kamoli qudrat va hikmatini ko’rsatmoq uchun, oz bir narsadan ko’p narsa chiqaradi va bir sahifada ko’p kitoblarni yozdiradi va bir narsa ila ko’p vazifalarni qildirgani kabi, bashar navi ila ham minglab vazifalarni qildiradi.

Mana shu siri azimdandirki: Janobi Haq, inson navini minglab navlarini sunbul beradigan va hayvonotning boshqa minglab navlari qadar tabaqa ko’rsatadigan bir fitratda yaratgandir. Boshqa hayvonlar kabi jihozlariga, latoiflariga, tuyg’ulariga chegara qo’yilmagan: erkin qo’yib hadsiz maqomotga kezadigan iste`dod berilganidan, bir navi ekan minglab nav hukmiga o’tgani uchundirki, yerning xalifasi va koinotning natijasi va zihayotning sultoni hukmiga o’tgandir.

Аудио мавжуд эмас