Lemalar lot | Yigirma Ikkinchi Lam`a | 6
(1-8)

Agar desangiz: Bu hurmat va maqom va tavajjuh, vazifa boshida bo’lgan vaqtga maxsusdir va vazifadorlarga xosdir. Sen vazifasiz bir odamsan; vazifadorlar kabi millatning hurmatini qabul etolmaysan!

Aljavob: Agar inson yolg’iz bir jasaddan iborat bo’lsa va inson dunyoda o’lmasdan doimiy qolsa va qabr eshigi yopilsa va o’lim o’ldirilsa, u payt vazifa yolg’iz askarlik va idora ma`murlariga maxsus qolsa; so’zingizda ham bir ma`no bo’lar edi. Faqat modomiki inson yolg’iz jasaddan iborat emas. Jasadni to’ydirmoq uchun; qalb, til, aql, dimog’ qo’porilib u jasadga yedirilmas. Ular ham idora istarlar.

Va modomiki qabr eshigi yopilmaydi va modomiki qabrning boshqa tomonidagi andishayi istiqbol har fardning eng muhim masalasidir. Albatta millatning itoat va hurmatiga istinod etgan vazifalar, yolg’iz millatning hayoti dunyoviyasiga oid ijtimoiy va siyosiy va askariy vazifalarla cheklangan emasdir.

Darhaqiqat, yo’lchilarga sayohat uchun vasiqa bermoq bir vazifa bo’lgani kabi, abad tarafiga ketgan yo’lchilarga ham vasiqa, ham u zulumatli yo’lda nur bermoq shunday bir vazifadirki, hech bir vazifa u vazifa qadar ahamiyatli emasdir. Bunday bir vazifaning inkori, o’limning inkori ila va har kun اَلْمَوْتُ حَقٌّ da`vosini, janozalarning muhri ila imzo etib tasdiq etgan o’ttiz ming shohidning shahodatini yolg’on demoq va inkor etmoqla bo’ladi. Modomiki ma`naviy hojati zaruriyaga tayangan ma`naviy vazifalar bor. Va u vazifalarning eng muhimi, abad yo’lida sayohat uchun pasport varaqasi va barzoh zulumotida qalbning cho’ntak chirog’i va saodati abadiyaning kaliti bo’lgan iymondir va iymonning ta`limi va quvvatlanishidir. Albatta u vazifani bajarayotgan ahli ma`rifat har holda kufroni ne`mat suratida o’ziga berilgan ne`mati Ilohiyani va fazilati iymoniyani hech xukmida ko’rib, axmoq va fosiqlarning maqomiga past tushmaydi. O’zini, past ketganlarning bid`atlari ila, safohatlari ila bulg’amaydilar!... Mana yoqtirmaganingiz va tengsizlik deb o’ylaganingiz yakka yashash shuning uchundir.

Mana shu haqiqatla barobar, meni qiynoq ila rohatsiz etgan siz kabi anoniyatda va bu tenglik qonunini buzishda fir`avnlik darajasida ilgarilagan mutakabbirlarga qarshi demayman. Chunki mutakabirlarga qarshi kamtarinlikni zillat deb o’ylanganidan, tavozu etmaslik kerakdir. Balki ahli insof va kamtarin va odil qismiga deymanki: «Men falillahilhamd o’z qusurimni, ojizligimni bilaman. Musulmonlar ustida mutakabbirona bir maqomi ihtirom istash emas, balki har vaqt nihoyasiz qusurlarimni, hechligimni ko’rib, istig’for ila tasalli topib, xalqlardan ehtirom emas, duo istayman. Ham o’ylaymanki mening bu maslagimni, mening butun do’stlarim biladilar. Yolg’iz shuqadar borki: Qur`oni Hakimning xizmati jihatida va haqoiqi iymoniyaning darsi vaqtida u haqoiq hisobiga va Qur`on sharafiga u maqomning iqtizo etgani izzat va viqori ilmiyani dars paytida muhofaza etib, boshimni ahli zalolatga egmaslik uchun, u izzatli vaziyatni vaqtinchalik ko’rsataman. O’ylaymanki, ahli dunyoning qonunlarining haddi yo’qdirki, bu nuqtalarga qarshi chiqa olsin!

Аудио мавжуд эмас