Mana navi insonning turli xil bo’lishining eng muhim asosi va zanbaragi; musobaqa ila, haqiqiy iymonli fazilatdir. Fazilatni olib tashlash, mohiyati bashariyaning almashtirilishi ila, aqlning so’ndirilishi ila, qalbning o’ldirilishi ila, ruhning mavh etilishi ila bo’lishi mumkin. Ha, shu hurriyat pardasi ostida mudhish bir istibdodni toshigan shu asrning g’addor yuziga urishga loyiq ekan va holbuki u toqatga mustahaq bo’lmagan g’oyat muhim bir zotning xato holda yuziga urilgan komilona shu so’zning:
Ne lozim zulm ila, bi`dod ila imhoyi xurriyat;
Tirish idrokni tashla, muqtadirsan odamiyatdan.
Shu so’zning o’rniga, bu asrning yuziga urmoq uchun men ham deyman:
Ne lozim zulm ila, bi`dod ila imhoyi haqiqat;
Tirish qalbni tashla, muqtadirsan odamiyatda.
Vayoxud:
Ne lozim zulm ila, bi`dod ila imhoyi fazilat;
Tirish vijdonni tashla, muqtadirsan odamiyatda.
Darhaqiqat iymonli fazilat, madori tahakkum bo’lmagani kabi, sababi istibdod ham bo’lolmas. Tahakkum va ustunlik etmoq, fazilatsizlikdir. Va bilxossa ahli fazilatning eng muhim mashrabi, ojizlik va faqirlik va tavozu ila hayoti ijtimoiyayi bashariyaga qo’shilmoq tarzidadir. «Lillahilhamd» bu mashrab ustida hayotimiz ketgan va ketmoqda. Men o’zimda fazilat bor deya faxr suratida davo etmayman. Faqat ne`mati Ilohiyani tahdis suratida, shukr etmoq niyati ila deymanki: Janobi Haq fazlu karami ila, ilmi iymoniya va Qur`oniyaga xizmat etmoq va fahm etmoq fazilatini ehson etmishdir. Bu ehsoni Ilohiyni butun hayotimda «Lillahilhamd» tavfiqi Ilohiy ila shu millati Islomiyaning manfaatiga, saodatiga sarf etib; hech bir vaqt vositayi tahakkum va ustunlik bo’lmagani kabi; aksar ahli g’aflatcha matlub bo’lgan insonlar e`tibori va xalqning husni qabuli ham, muhim bir sirga binoan mening nafrat etganlarimdandir; ulardan qochaman. Yigirma yil eski hayotimni zo`ye etgani uchun ularni o’zimga zararli ko’raman. Faqat Risola-i Nurni yoqtirganliklarini bir ishorat deb bilaman, ularni qustirmayman.