Lemalar lot | Yigirma Ikkinchi Lam`a | 7
(1-8)

Joyi hayrat bir tarzi muomala: Ma`lumdirki; har yerda ahli maorif, ma`rifat va ilm nuqtasida muhokama etadi. Qayerda va kimda ma`rifat va ilm ko’rsa, maslak e`tibori ila unga qarshi bir do’stlik va bir hurmat ko’rsatadilar. Hatto dushman bir hukumatning bir professori bu mamlakatga kelsa, ahli maorif, uning ilm va ma`rifatiga hurmatan uni ziyorat etadilar va unga hurmat ko’rsatadilar. Holbuki Inglizning eng yuksak majlisi ilmiyasining, Mashihat-i Islomiyadan so’ragan olti savolning javobini, olti yuz kalima ila Mashihat-i Islomiyadan istadiklari zamon, bu yerning maorifining hurmatsizligiga uchragan bir ahli ma`rifat, u olti savolga olti kalima ila mazhari taqdir bo’lgan bir javob bergan va ajnabiylarning eng muhim va hukamolarning eng asosli dasturlariga haqiqiy ilm va ma`rifatla qarshi chiqib g’olib bo’lgan va Qur`ondan olgan quvvati ma`rifat va ilmga istinodan Evropa faylasuflariga qarshi chiqqan va hurriyatdan olti oy avval Istanbulda ham din olimlarini va hamda fan olimlarinini munozaraga da`vat etib o’zi hech savol so’ramasdan savollariga nuqsonsiz to’g’ri javob berganHoshiya va butun hayotini shu millatning saodatiga sarf etgan va yuzlab risola, u millatning Turkcha bo’lgan lisoni ila nashr etib u millatni nurlantirgan.. ham vatandosh, ham dindosh, ham do’st, ham qardosh bir ahli ma`rifatga qarshi eng ziyoda siqinti bergan va haqida adovat tashigan va balki hurmatsizlik etgan; bir qism maorif doirasiga mansub bo’lganlar bilan oz bir qism rasmiy xojalardir. Mana kel Bu holga nima deysan? Madaniyatmidir? Ma`rifatparvarlikmidir? Jumhuriyatparvarlikmidir? Xosho! Xosho! Hech narsa emas. Balki bir qadari Ilohiydirki, u qadari Ilohiy, u ahli ma`rifat odamning do’stlik umid etgani yerdan adovat ko’rsatdiki, hurmat yuzidan ilmi riyoga kirmasin va ixlosni qozonsin.

 



Hoshiya Yangi Said deydiki: Shu maqomda Eski Saidning iftixorkorona aytgani shu so’zlarga men ishtirok etmayman. Bu risolada so’zni unga berganim uchun sustirolmayman. Anoniyatlilarga qarshi bir parcha anoniyatini ko’rsatsin deya sukut etyapman.

Аудио мавжуд эмас