Lemalar lot | Yigirma Ikkinchi Lam`a | 5
(1-8)

Mana ey ahli dunyo! Dunyongizga hech qo’shilmaganim va prinsiplaringiz ila hech bir jihati aloqadorligim bo’lmagani va to’qqiz yil asoratdagi bu hayotimning shahodati ila yangidan dunyoga qo’shilishga hech bir niyat va orzuim yo’q ekan, menga eski bir buyuklardan va doimo fursatni poylagan va fikri istibdod va tahakkumni toshigan bir odam kabi qilingan buncha nazorat va tazyiqingiz, qaysi qonun iladir? Qaysi tartib iladir? Dunyoda hech bir hukumat bunday qonunga xilof va hech bir kishining munosibatiga mazhar bo’lmagan bir muomalaga izn bermagani holda, menga qarshi qilingan bu qadar bad muomalalarga, yolg’iz nafaqat mening qusishim, balki agar bilsa navi bashar qusar, balki koinot qusadi!...

Uchinchi ishorat: G’alati devonachasiga bir savol.

Bir qism ahli hukumat deydilarki: Modomiki sen shu mamlakatda turobsan; shu mamlakatning jumhuriy qonunlariga itoat etmoq lozim kelar ekan sen nima uchun yolg’iz yashamoq pardasi ostida o’zingni u qonunlardan chetlayapsan? Azjumla; hozirgi hukumatning qonunida, vazifa xorijida bir ustunlikni, bir fazilatni o’ziga toqib, u bilan bir qism millatga tahakkum etib nufuzini ijro etmoq, tenglik asosiga istinod etgan jumhuriyatning bir dasturiga qarshidir. Sen nima uchun vazifasiz bo’lganing holda qo’lingni o’ptiryapsan? Xalq meni tinglasin deya xudfurushona bir vaziyat ko’rsatobsan?

Aljavob: Qonunni tatbiq etganlar avvalo o’zlariga tatbiq etgandan so’ng boshqasiga tatbiq eta oladilar. Siz o’zlaringizga tatbiq etmaganingiz bir dasturni boshqasiga tatbiq etmoqla, harkasdan avval siz dasturingizni, qonuningizni buzobsizlar va qarshi chiqobsizlar. Chunki bu mutloq tenglik qonunining menga tatbiqini istayapsizlar. Men ham deyman: Qachonki bir nafar, bir zobitning maqomi ijtimoiysiga chiqsa va millatning u zobitga qarshi ko’rsatgan hurmat va tavajjuhga ishtirok etsa va u kabi u tavajjuh va hurmatga mazhar bo’lsa yoki u zobit, u nafar kabi oddiylashirsa va u nafarning so’niq vaziyatini olsa va u zobitning vazifa xorijida hech bir ahamiyati qolmasa.. ham agar, eng aqlli va bir qo’shinning g’alabasiga sababiyat bergan bir qo’mondon, eng axmoq bir nafarla tavajjuhu ommada va hurmat va muhabbatga tenglikka kirsa; u vaqt sizning bu tenglik qonuningiz hukmicha menga shunday deya olasiz; «O’zingga xo’ja dema! Hurmatni qabul etma! Fazilatingni inkor et! Xizmatchingga xizmat et! Tilanchilarga do’st bo’l!»

Аудио мавжуд эмас