Aljavob: Yangi Saidning bu savolga javobi sukutdir. Yangi Said: «Mening javobimni qadari Ilohiy bersin» der. Shu bilan barobar majburiyatla, amonatan qolgan Eski Saidning boshi deydiki: Bu savolga javob beradigan Isparta viloyatining hukumatidir va shu viloyatning millatidir. Chunki bu hukumat va shu millat, mendan ko’proq bu savolning ostidagi ma`no ila aloqadordirlar. Modomki minglab a`zolari bo’lgan bir hukumat va yuzminglab kishilari bo’lgan bir millat mening badalimga tushunishga va mudofaa etishga majburdir. Men nima uchun kerak bo’lmagan holda da`vochilar bilan gapirib mudofaa qilay. Chunki to’qqiz yildir men bu viloyatdaman; borgancha yanada ziyoda dunyolariga orqamni o’giryapman. Hech bir holim ham yashirin qolmagan. Eng yashirin, eng mahram risolalarim ham hukumatning va ba`zi xodimlarning qo’llariga o’tgan. Agar ahli dunyoni shubxaga va andishaga soladigan dunyoviy bir qo’shiladigan bir holim va qo’shadigan bir tashabbusim va fikrim bo’lsa edi, bu viloyat va qishloqlardagi hukumat, to’qqiz yil diqqat va nazorat ettiklari holda va men ham chekinmasdan yonimga kelganlarga sirlarimni bayon etganim holda, hukumat menga qarshi sukut etib tegmadilar. Agar millatning va vatanning saodatiga va istiqboliga zarar beradigan bir qabohatim bo’lsa, to’qqiz yildan beri voliysidan tut, qishloq nazorat qo’mondoniga qadar o’zlarini mas`ul etadi. Ular o’zlarini mas`uliyatdan qutqarmoq uchun, haqqimda pashshani fil qilganlarga qarshi, filni pashsha qilib meni mudofaa qilishga majburdirlar. Unday bo’lsa bu savolning javobini ularga havola etaman.
Ammo shu viloyatning millati, umumiyatla mendan ziyoda meni mudofaa etmoq majburiyatlari shundandirki; shu to’qqiz yildir ham qardosh, ham do’st, ham muborak bo’lgan bu millatning hayoti abadiyasiga va quvvati imoniyasiga va saodati hayotiyasiga bilfe`l va moddatan ta`sirini ko’rsatgan yuzlab risolalarla ishlaganimizni va hech bir dag’dag’a va zarar, hech kimsaga u risolalar yuzidan kelmagani va hech bir g’arazkorona siyosiy va dunyoviy g’oyalar ko’rilmagani va «Lillahilhamd» shu Isparta viloyat, eski zamonning Shomi Sharifining muborakiyati va olami Islomning madrasayi umumiysi bo’lgan Jome-ul Azhari muborakiyati navidan, quvvati iymoniya va salobat-i diniya jihatida bir muboraklik maqomini Risola-i Nur vositasi ila qozonib; bu viloyatda, iymonning quvvatini loqaydlikka va ibodatning ishtiyoqini safohatga hokim bo’lishini va umum viloyatlarning ustida bir dindorlik tuyg’u va vasflarini Risola-i Nur bu viloyatga qozontirganidan, albatta bu viloyatdagi umum insonlar, hatto aytaylik dinsizi ham bo’lsa, meni va Risola-i Nurni mudofaaga majburdir. Ularning juda ahamiyatli mudofaa haqlari ichida, men kabi vazifasini bitirgan va «Lillahilhamd» minglab shogirdlar men kabi bir ojizning o’rnida ishlagan va ishlayotgan paytda, ahamiyatsiz juz`iy haqqim meni mudofaaga yo’naltirmaydi. Bu qadar minglab da`vo vakillari bo’lgan bir odam, o’z da`vosini o’zi mudofaa etmas.