Lemalar lot | Yigirma Ikkinchi Lam`a | 8
(1-8)

Xotima

 

O’zimcha joyi hayrat va madori shukron bir xujum:

Bu favqulotda anoniyatli ahli dunyoning anoniyat ishida shu qadar sezgirlilik borki, agar aqlan bo’lsa edi, karomat darajasida vayoxud buyuk bir daho darajasida bir muomala bo’lar edi. U muomala ham shudir: O’z nafsim va aqlim menda his etmaganlari bir parcha anoniyat vaziyatini, ular anoniyatlarining sezgirlilik me`zoni ila his etyaptilar kabi, shiddatli bir suratda men his etmaganim anoniyatimning qarshisiga chiqayaptilar. Bu sakkiz to’qqiz yilda, sakkiz-to’qqiz marta tajribam borki, ularning zolimona menga qarshi muomalalarining bo’lganidan so’ng, qadari Ilohiyni tushunib «Nima uchun ularni menga yo’liqtirdi» deya nafsimning dasisalarini qidirar edim. Har birida, yo nafsim shuursiz bo’lib anoniyatga fitriy mayl etmish vayoxud bilib meni aldagan, tushunyapman. U vaqt qadari Ilohiy, u zolimlarning zulmi ichida haqqimda adolat etgan, derdim. Xususan: Bu yoz arqadoshlarim chiroyli bir otga meni mindirdilar. Bir sayrongohga ketdim. Shuursiz holda nafsimda xudfuroshona bir kayf orzusi uyg’onishi bilan ahli dunyo shunday shiddatli u orzumning qarshisiga chiqdilarki, yolg’iz u yoshirin orzuni emas, balki ko’p ishtahalarimni kesdilar. Hatto xususan, bu dafa Ramazondan so’ng, eski zamonda g’oyat buyuk, qudsiy bir imomning bizga qarshi g’aybiy karomati ila iltifotidan so’ng qardoshlarimning taqvo va ixloslari va ziyoratchilarning hurmat va husni zonlari ichida –men bilmasdan –nafsim iftixorona, go’yo mutashakkirona pardasi ostida riyokorona bir anoniyat vaziyatini olmoq istadi. Birdan bu ahli dunyoning hadsiz sezgirliliklariyla va hatto riyokorlikning zarralariga ham his ettiradigan bir tarzda, menga ilishdilar. Men Janobi Haqqa shukr etamanki, bularning zulmi menga bir vositayi ixlos bo’ldi.

 

 

رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ ۞ وَاَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ

اَللّهُمَّ يَا حَافِظُ يَا حَفِيظُ يَا خَيْرَ الْحَافِظِينَ اِحْفَظْنِى وَ احْفَظْ رُفَقَائِى

مِنْ شَرِّ النَّفْسِ وَ الشَّيْطَانِ وَ مِنْ شَرِّ الْجِنِّ وَ اْلاِنْسَانِ

وَ مِنْ شَرِّ اَهْلِ الضَّلاَلَةِ وَ اَهْلِ الطُّغْيَانِ

آمِينَ آمِينَ آمِينَ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

 

Аудио мавжуд эмас