Yigirma Uchinchi Lam`a
Tabiat Risolasi
(Ushbu risola tabiatdan keluvchi kufroniy fikrni qayta tirilmaydigan qilib o’ldiradi, kufrning poydevorini parcha-parcha qiladi.)
Eslatma
Ushbu ishoratda tabiiyyunning munkir qismi kelgan yo’llarining ich qiyofasi aqldan naqadar uzoq va naqadar chirkin va naqadar xurofot ekani mazmunan to’qson maholning o’rnini bosuvchi to’qqiz maholni ko’rsatish yordamida bayon etilgan. Boshqa Risolalarda u mahollar qisman izoh etilgani uchun bu yerda g’oyat muxtasar shaklda o’rganildi, shu bois ba’zi bosqichlar tashlab o’tilgan. Birdan o’ylab qolaman: bu qadar zohir va oshkora bir xurofotni bu mashxur oqil faylasuflar qanday qabul qilganlar va u yo’lda ketayotirlar ekan?
Ha, ular maslaklarining ich qiyofasini ko’rolmaganlar.
Maslaklarining haqiqati, lozimi va zaruriy muqtazosi mazhablarining chirkin va mustakrah va g’ayri ma’qul xulosa natijalaridir. Bu narsa Risolada yozilgan uchala maholning har birida bayon etildi. Yana shubhasi borlarga g’oyat ochiq va qat’iy dalillar bilan batafsil bayon va isbot qilishga tayyorman.(*)
بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
قَالَتْ رُسُلُهُمْ اَفِى اللهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ
Ushbu oyati karima inkorga o’xshab ketadigan savol so’raganlarga qarshi: "Janobi Haq xususida shak va shubxa bo’lishi mumkin emas", deydi va shu bilan birga, vujud va Ilohiy Vahdoniyyatni oshkor dalil darajasida ekanini ko’rsatadi.
Shu sirni izohlashdan avval bir eslatma:
1338 yili Anqaraga bordim. Islom lashkarlarining Yunonda g’alaba qilganlaridan nash’a olgan ahli iymonning huvvatli fikrlari ichra g’oyat mudhish bir dinsizlik fikri ularning ichiga kirish va buzish va zaharlantirish uchun dassosona qilayotgan harakatini ko’rdim. "Ey voh!" dedim. Bu ajdarxo iymonning ruknlariga ilashajak. O’shanda bu oyati karima vujud va vahdoniyyatni oshkora dalillar bilan anglatgani uchun undan madad olib, Qur’oni Hakiymdan olingan, u dinsizlikning boshini yo’q qiladigan quvvatga ega bir dalilni arabiy risolada yozdim.
(*)Bu Risolaning ta’lif etilish sababi - "haqoiqi iymoniyya"ni g’oyat tajovuzona bir tarzda taxqirlar, aynigan aqli yetolmagan narsani xurofot deb hamda dinsizlikni tabiatga bog’lab turib Qur’onga hujum etilayotganidir. U hujumlar halbga shiddatli bir g’azab berdiki, bu g’azab u mulhidlarga va haqdan yuz o’girgan botil mazhablilarga shiddatli va qattiq tarsakilar yedirdi. Aslida esa, Risolai Nurning tutgan yo’li pokizona va nozikona va muloyim so’zdir.