Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 2
(1-20)

Anqaradagi "Yangi kun" bosmaxonasida chop ettirdim, lekin, afsus, arabiy bilganlar ozligi va ahamiyat bilan qaraydiganlar ham noyobligi boisidan g’oyat muxtasar va qisqa bir suratda bitilgan bu quvvatli burhon o’z ta’sirini ko’rsatmadi. Afsus, u dinsizlik fikri maydonga keldi ham, quvvat topdi ham. Majburiyat yuzasidan u burhonni turkcha qilib, bir daraja bayon qilaman. Bu burhonning ba’zi qismlari boshqa ayrim risolalarda bayon etilgani uchun bu yerda muxtasar tarzda yozilajakdir. Boshqa risolalarda qismlarga ajratilgan bir qancha dalillar bu yerda jisman birlashadi. Har biri buning bir qismi hukmiga o’tadi.

Muqaddima

Ey inson! Bilki, insonlarning og’zidan chiqadigan va dinsizlikni his ettiradigan dahshatli kalimalar bor. O’zlari bilmagan holda ahli iymon ham bu kalimalarni iste’mol qilmoqdalar. Muhimlaridan uchtasini bayon etamiz:

Birinchisi - "Avjadathul asbab. Ya’ni, "Bu narsani sabablar ijod etmoqda".

Ikkinchisi - "Tashakkala binafsihi". Ya’ni, "O’zidan-o’zi tashakkul etmoqda, bo’lmoqda, bitmoqda".

Uchinchisi - "Iqtazothut tabiat". Ya’ni, "Tabiiydir, tabiat iqtizo qilib, ijod etmoqda, bitmoqda".

Ha, modomiki mavjudot bor ekan, u inkor etilmaydi. Har mavjud san’atli va hikmatli tarzda vujudga kelgandir. Ham modomiki eski emas, demak yangidan bo’lmoqda harholda, ey mulhid! Yoki sen bu mavjudni, masalan, bu hayvonni olam sabablari ijod etgan, deysanmi? Ya’ni, sabablarning bir yerga jamlanishidan u mavjud vujud topgan va yoxud u o’zidan-o’zi shakllangan va yoxud tabi-atning iqtizosi bo’lib, tabiatning ta’siri bilan vujudga kelgan va yoxud bir Qodiyri Zuljalolning qudrati bilan ijod etilgan.

Modomiki aqlan bu to’rt yo’ldan boshqa yo’l yo’q ekan, avvalgi uch yo’lning mahol, battol, imkonsiz, qabul etilishga noloyiq ekanligi qat’iy isbotlansa, zaruratan va oshkora ravishda to’rtinchi yo’l, ya’ni, Vahdoniyyat yo’li shaksiz va shubhasiz sobit bo’ladi.

BIRINCHI YO’L - Asbabi olamning bir erga jamlanishi tufayli narsalarning tashkil topishi va maxluqotning vujudga kelishidir. Bu yo’lning ko’plab mahol holatlaridan faqatgina uchtasini zikr etamiz:

Аудио мавжуд эмас