Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 5
(1-20)

IKKINCHI MASALA - "Tashakkala binafsihi"dir. Bu degani - o’zidan-o’zi tashkil bo’ladi, deganidir. Mana shu jumlaning ham ko’p mahollari bor.

Juda ko’p jihatdan botildir, maholdir. Namuna uchun mahollardan uchtasini bayon qilamiz.

Birinchisi. Ey qaysar munkir! Sening manmanliging seni shunchalik ahmoqlashtirmishki, yuz maholni birdan qabul etmoqlikni bir xil deb hukm etmoqdasan. Chunki sen mavjudsan va tarkibsiz bir modda, jonsiz va o’zgarmas narsa emassan. Balki doimo yangilanishda bo’lib, g’oyat muntazam bir uskuna va xoriqo doimo o’zgarib turishlikda bir saroy kabisan. Sening vujudingda har vaqt zarralar ishlamoqdalar. Sening vujuding koinot ila, xususan, rizq munocabati bilan, xususan, boqiylik nav’i e’tiboridan aloqador va olish-berishi bordir. Sening vujudingda harakatlanayotgan zarralar u munosabatni buzmaslik va u aloqadorlikni uzmaslik uchun diqqat qilmoqdalar. Oyoqlarini shu holda ehtiyotkorlik bilan bosmoqdalar. Go’yo butun koinotga boqmoqdalar. Sening munosabatingni koinotdan ko’rib, shunday vaziyat olmoqdalar. Sen tashqi va ichki tuyg’ularing bilan u zarralarning u xoriqo vaziyatlariga ko’ra istifoda etursan. Agar sen vujudingdagi zarralarni Qodiyri Azaliyning qonuni bilan harakat etgan kichik ma’murlari va yoki lashkari va yoki qadar qalamining uchlari hamda har bir zarra bir nuqta ekanini qabul qilmasang, u payt sening ko’zingda harakatlangan har bir zarraga shunday bir ko’z lozimdirki, sening butun jasadingning xar tarafini ko’rish bilan birga, munosabatdor bo’lganing butun koinotni ham ko’radigan bir ko’z hamda butun sening o’tmish va kelajak va nasl va asling va unsurlaringning manba’larini va rizqingning ma’danlarini biladigan, taniydigan yuzta dohiyning aqlichalik bir aql bermoq lozim bo’ladi. Bu masalalarda zarrachalik aqli bo’lmagan sening kabilarning bir zarrasiga ming Aflotunchalik bir ilm va shuur berish ming daraja telba bir xurofotchilikdir...

Ikkinchi mahol. Sening vujuding ming qubbali favqulodda bir saroyga o’xsharki, har bir qubbasida toshlar tirgaksiz ravishda birbiriga bosh qo’yib, muallaqda turg’izilgan. Balki sening vujuding bu saroydan ham ming karra yanada ajibdir. Chunki u vujud saroying doimo mukammal intizom bilan yangilanib turadi. G’oyat xoriqo bo’lgan ruh, qalb va ma’naviy latoifdan qat’iy nazar, yolg’iz jasadingdagi har bir a’zo bir qubbali manzil hukmidadir. Zarralar ul qubbadagi toshlar kabi birbirlari bilan mukammal muvozanat va intizom ila birbiriga bosh qo’yib, xoriqo bir bino, yuksak suratda bir san’at, ko’z va til kabi bittadan ajib qudrat mo’`jizasini ko’rsatmoqdalar. Agar bu zarralar har biri shu olam ustasining amriga tobe’ bo’lgan bittadan ma’mur bo’lmasa edi, u holda har bir zarra u jasaddagi barcha zarralarga ham mutlaq hokim, ham har birisiga mutlaq mahkum, ham jasaddagi har bir a’zoning misxli, ham hokimiyat nuqtasida birbiriga zid, xam yolg’iz Vojibul Vujudga maxsus bo’lgan ko’p sifatlarning masdari, manbai, ham g’oyat muqayyad, ham g’oyat mutlaq bir suratda bo’lishi lozim bo’lardi. Bu ish ul zarralarning qo’llaridan kelmasligi bilan bir qatorda, sirri vahdad ila faqat bir Vohidi Ahadninggina asari bo’la oladigan g’oyat muntazam bir yagona san’atni u hadsiz zarralarga bermoqlikni zarracha shuuri bo’lgan odam juda ochiq bir mahol, balki yuzta mahol ekanini idrok etadi.

Аудио мавжуд эмас