Ikkinchi mahol. Agar g’oyat intizomli, mezonli, san’atli, hikmatli bo’lgan bu mavjudotni nihoyasiz Qodiyr, Hakiym bir Zot emas, balki tabiat yaratgan deyilsa, tabiat har bir qism tuproqda Ovrupaning barcha bosmaxonalari va fabrikalari sonichalik uskunalarni, chopxonalarni hozir qilish kerak bo’ladi. Toki u qism tuproq hadsiz chechak va mevalarga maskan va tazgoh bo’lib, ularning yetishishlariga va tashkil bo’lishlariga sabab bo’la olsin. Chunki chechaklar uchun gultuvak vazifasini bajargan bir kosa tuproq ichida navbat bilan urug’lari tashlangan barcha chechaklarning birbiridan juda ayri bo’lgan shakl va hay’atlarini tashkil va tasvir eta oladigan bir qobiliyati u tuproqda fe’lan ko’rinadi. Agar bu hol Qodiyri Zuljalolga nisbat berilmasa, u vaqt kosadagi tuproqda har bir chechakni ijod etish uchun ma’naviy, ayri, tabiiy bir yasovchisi bo’lmasa, bu hol vujudga kelmas. Chunki urug’larning ham nutfalar va tuxumlar kabi, moddalari birdir. YA’ni, Muvallidul maa, Muvallidul humuza, karbon, azotning intizomsiz, shaklsiz, xamir kabi qorishmasidan iboratdir. Ayni choqda havo, suv, harorat, ziyo ham har biri tarkibsiz va shuursiz va har narsaga qarshi seldek bir tarzda ketganidan u hadsiz chechaklarning tashkil bo’lishlari, boshqa-boshqa va g’oyat muntazam va san’at ila u tuproqdan unib chiqishi kosadagi tuproqda ma’nan Ovrupa qadar ma’naviy va kichik miqyosda chopxonalar va fabrikalari bo’lishini ochiq-oshkora va zaruratan iqtizo etadi. Toki bu qadar hayotdor gazmollarni va minglab ayri-ayri naqshli matolarni to’qiy olsin.
Xullas, tabiiyyunlarning kufroniy fikrlari aql doirasidan qanchalik tashqariga chiqib ketganini o’zing qiyos et. Va tabiatni yaratuvchi deb o’ylagan inson suratidagi ahmoq sarxushlarning "mutafannin va aqllimiz" deya da’vo etishlari aql va fandan naqadar uzoqligini, imkonsiz va hech bir jihatla mumkin bo’lmagan bir xurofotni o’zlariga maslak qilib olganlarini ko’r, kul va tufur!..