Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 10
(1-20)

Uchinchi mahol. Ba’zi risolalarimizda bayon etilgan ikki misol bu maholni izohlaydi.

Birinchi misol. Bir sahroda qurilgan, tanho qad ko’tartirilgan, butun madaniyat asarlari ila mukammallashtirilgan va ziynatlantirilgan bir saroyga g’oyat vahshiy bir odam kirib, nazar solibdi... Minglarcha muntazam san’atli narsalarni ko’rdi... Vahshatidan, ahmoqligidan: "Butun mushtamiyloti bilan bu saroyni chetdan bir kimsa ta’sir etmasdan, shu saroy ichidagi narsalardan biri bunyod etgandir", deya izlashga tushdi. Qaysi narsaga nazar solsa, bularni shu saroy ichidagi bir narsa yasaganini vahshatli aqli ham qabul qilmaydi. So’ngra u saroyning tashkilot dasturi va mavjudot  mundarijasi va idora qonunlari yozilgan bir daftarni ko’rdi. Darxaqiqat, qo’lsiz va ko’zsiz va bolg’asiz bo’lgan u daftarning ham boshqa narsalar singari ul saroyni tashkil va tazyin eta oladigan hech handay qobiliyati yo’qdir. Biroh nochor qolib va majburiyatan boshqa narsalarga nisbatan ilmiy qonunlarning bir unvoni bo’lish jihatila u saroyning majmuasida bu daftarni munosabatdor ko’rgani uchun: "Bu saroyni tashkil, tanzim va tazyin etib, bu narsalarni yasagan, taqqan va joylashtirgan - mana shu daftardir", deb vahshatini ahmoqlarning, sarxushlarning behuda so’zlariga aylantirmish.

Xuddi mana shu misoldagi kabi, hadsiz darajada mukammal saroydan ham yanada muntazam, yanada mukammal va butun atrofi mo’`jizona hikmat ila to’lgan bu olam saroyining ichiga Uluhiyyatni inkor qilish darajasigacha borib yetadigan, "tabiiyyun" fikriga ega bo’lgan vahshiy bir inson kirdi, deylik. U mumkinot doirasidan tashqarida bo’lgan Zoti Vojibul Vujudning san’at asari ekanini tafakkur etmasdan va undan yuz o’girib, mumkinot doirasi ichida taqdiri ilohiyning yozadigan, buzadigan bir lavhasi hukmida va qudrati Ilohiyyaning ijroat qonunlariga almashgan va o’zgargan bir daftargina bo’lgan va juda yanglish va xato o’laroq "tabiat" nomi berilgan bir odati ilohiyya qonunlarining majmuasini va bir Rabboniy san’at mundarijasini ko’radi. Va deydiki: "Modomiki bu narsalar bir sabab istaydi, ularga hech bir narsaning bu daftar kabi munosabati ko’rinmaydi. Chindan ham hech bir jihatdan aql qabul etmaski, ko’zsiz, shuursiz, qudratsiz bu daftar Mutlaq Rububiyyatning ishi bo’lgan va hadsiz bir qudratni iqtizo etgan ijodni qila olmas. Ammo modomiki Soni’i Qadiymni qabul etmayotirman, shunday bo’lgach, eng munosibi - bu daftar buni yasagan va yasaydi, deyman", der.

Аудио мавжуд эмас