Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 13
(1-20)

Agar aytsangki: ha, bir kitobni yozadigan uskunani ijod etish u kitobni yozishdan yuz karra ko’proq mushkuldir, lekin u uskuna ayni kitobning bir qancha nusxalarini yozishi uchun vosita bo’lish jihatidan balki bir qulayligi bordir?

Al-javob. Naqqoshi Azaliy o’z qudrati ila nihoyasiz Ismlarining jilvasini har vaqt yangilab turadi, shu bilan birga, ularni boshqa boshqa shaklda ko’rsatish uchun ashyodagi belgilarni va xususiy siymolarni shunday bir suratda yaratgandirki, hech bir maktubi Samadoniy va hech bir kitobi Rabboniy boshqa kitoblarning aynan o’xshashi bo’la olmaydi. Harholda boshqa ma’nolarni ifodalash uchun boshqa bir siymosi topilajak. Agar ko’zing bo’lsa, insonning siymosiga boq, ko’rki: Odam Ato zamonidan to hozirgacha, balki abadgacha bu kichik siymo a’zo sifatida asosan bir xil bo’lishi bilan birga, har bir siymoda umumsiymolarga nisbatan bittadan farqli alomati borligi ham qat’iyyan sobitdir. Shuning uchun har bir siymo alohida bir kitobdir. Faqat san’atning intizom bilan tuzilishi uchun boshqa bir yozuv usuli va boshqa bir tartib va ta’lif istaydi. Va moddalarni ham keltirish, ham o’rnashtirish va ham vujudiga lozim bo’lgan har narsani ichiga olish uchun butunlay boshqa bir dastgoh istaydi. Xo’sh, faraziy bir mahol o’laroq tabiatga bir bosmaxona nazari bilan boqdik. Lekin bir bosmaxonaga oid tartib va chop etishdan, ya’ni, muayyan intizomni qolipga joriy etishdan tashqari, u tartibning ijodidan ham ijodi yuz daraja yanada mushkul bir jonzotning jismidagi moddalarni olamning har tarafidan maxsus mezon va xos bir intizom ila yaratish va keltirish va taqdirini bosmaxonaning qo’liga berish uchun yana ul bosmaxonani yaratgan Qodiyri Mutlaqning qudrat va irodasiga muhtoj bo’ladi. Demak, bu bosmaxona o’zi ijod qila oladi degandek ehtimol va farazlar butunlay ma’nosiz bir xurofotdir.

Xullas, bu soat va kitob misollarida ko’rilganidek, sabablarni Soni’i Zuljalol, Qodiyri Kulli Shay yaratgan, musabbabotni ham o’zi yaratadi. Hikmati ila musabbabotni sabablarga bog’laydi. Koinot harakatining tartibiga doir odatulloh qonunlaridan iborat bo’lgan eng buyuk Ilohiy fitriy shariatning bir jilvasini va narsalardagi ul jilvasiga bir oyina va bir aksgina bo’lgan narsalar tabiatini irodasi ila tayin etgandir. Va u tabiatning zohiriy vujudga noil bo’lgan tarafini qudrati ila ijod etgan va narsalarni shu tabiat asosida yaratmish... birbiriga aralashtirgan...

Ajab, g’oyatda ma’qul va cheksiz dalillarning natijasi bo’lgan bu haqiqat qabul qilinsa, ko’proq qulay emasmi? Hatto vujub darajasida lozim emasmi? Yo’qsa, har bir narsaning yaralishiga lozim bo’lgan behisob jihozot va asboblarni jamid, shuursiz, maxluq, masnu’, basit bo’lgan sabab va tabiat degan moddalaringizga berib, hakimona, basirona bo’lgan ishlarni o’z-o’zlariga qildirish ko’proq qulayroqmi? Ajabo, bu ish aqlga zid, imkondan xorij ish emasmi? Bu yog’ini sening bu insofsiz aqlingning insofiga havola etamiz.

Аудио мавжуд эмас