Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 16
(1-20)

Ha, har kim koinotni o’z oyinasi ila ko’radi. Janobi Haq insonni koinot uchun bir miqyos, bir mezon suratida yaratgandir. Har insonga bu olamdan bo’lak yana boshqa bir olam bergandir. Bu olamning rangini u insonning qalbiy e’tiqodiga ko’ra namoyon etadi. Masalan, g’oyat ma’yus va motamli holatda yig’lagan bir inson mavjudotni ham yig’loq va ma’yus suratda ko’radi. G’oyat sururli va nash’ali, sevinchli va kamoli nash’asidan kulgan odam koinotni ham nash’ali, kular holatda ko’radi. Shuningdek, mutafakkirona va jiddiy bir suratda ibodat va tasbih etgan odam mavjudotning haqiqatan ham mavjud va muhaaq bo’lgan ibodat va tasbihotlarini bir daraja kashf etadi, ko’radi. G’aflat ila va yoki inkor ila ibodatni tark etgan odam mavjudotning haqiqati kamolotiga tamoman zid va xilof va xato bir suratda vahima etadi va ma’nan ularning huquqiga tajovuz qiladi.

Ham namozni tark etgan ul kimsa o’ziga o’zi molik bo’lmagani uchun o’z molikining bir bandasi bo’lgan nafsiga zulm qiladi. Moliki esa, ul bandasining haqqini uning nafsi ammorasidan olmoq uchun dahshatli ravishda qo’rqitadi.

Ham natijai xilqat va g’oyai fitrat bo’lgan ibodatni tark etgani ilohiy xikmatga va Rabboniy irodaga qarshi bir tajovuz hukmiga o’tadi. Shuning uchun jazoga yo’liqadi.

Al-xosil. Ibodatni tark etgan kimsa ham o’z nafsiga zulm etadi, nafs esa, Janobi Haqning quli va xizmatkor bandasidir va ham koinot kamolotining huquqiga qarshi qilingan bir tajovuz, bir zulmdir. Ha, kufr mavjudotga qarshi qanday bir taxqir bo’lsa, ibodatni tark etish ham koinotning kamolotini shunday inkor etishdir. Ham Ilohiy Hikmatga qarshi bir tajovuz bo’lganidan dahshatli tahdidga, qattiq jazoga loyiq ko’riladi.

Xullas, bu huquqni va mazkur haqiqatni ifodalash uchun Qur’oni Mo’`jizul Bayon mo’`jizona bir suratda u tahdidli ifoda tarzini ixtiyor etib, tom ma’noda yetuk haqiqat bo’lgan ehtiyojga muvofiq yo’l tutgan.

Аудио мавжуд эмас