Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 18
(1-20)

Ham bir daraxtga uning vahdat siri jihatidan bir ildizda, bir markazda, bir qonun ila hayot moddasi berilgani sababli u daraxt minglab meva yetishtiradi va bu ish unga bir meva yetishtirganchalik oson bo’lganini hatto ko’z ila ko’rsa bo’ladi. Agar birlikdan ke-chib ko’plikka yuzlanilsa, har bir mevaga lozim bo’lgan hayot moddasi boshqa-boshqa joydan berilsa, har bitta meva bir daraxt kabi mushkilot paydo qiladi. Balki daraxtning bir anmuzaji va mundarijasi bo’lgan birgina danak ham u daraxt kabi mushkilotli bo’ladi. Chunki bir daraxtning hayotiga lozim bo’lgan butun hayotiy moddalar bir dona danak uchun ham lozim bo’ladi.

Xullas bu kabi yuzlab misollar bor. Ular ko’rsatadiki, vahdatda nihoyat darajada qulaylik ila vujudga kelgan minglarcha mavjud shirkdagi va kasratdagi birgina mavjudning ijodidan ham qulay bo’ladi. Boshqa Risolalarda bu haqiqat ikki karra ikki to’rt bo’lishini bilish darajasida ravshan isbot etilgani uchun ularga havola etib, bu yerda faqat bu osonlik va qulaylikning, ilm va taqdiri Ilohiy va Qudrati Rabboniya nuqtai nazaridan g’oyat muhim bo’lgan bir sirini bayon etajakmiz.

Sen bir mavjudsan. Agar o’zingni Qodiiyri Azaliyga bog’lasang, seni hechlikdan, yo’qdan bir amr va cheksiz qudrati ila bir gugurtni chaqqandek bir onda yaratadi. Agar sen o’zingni Unga bog’lamay, moddiy sabablarga va tabiatga bog’lasang, u holda sen koinotning muntazam bir xulosasi, mevasi va kichik bir mundarijasi va ro’yxati bo’lganing sababli seni yaratish uchun koinotni va unsurlarni elak-elak qilib, hassos o’lchovlar bilan olamning har tarafidan sening vujudingdagi moddalarni to’plash kerak bo’ladi. Chunki moddiy sabablar faqatgina tarkib etadi, to’playdi., xolos. Hechlikdan, yo’qlikdan barpo qilish qudrati ularda yo’qligi butun ahli aqlning huzurlarida tasdiq bo’lgandir. Shunday ekan, kichik bir jonzotning jismini olamning chor tarafidan to’plashga majbur bo’ladilar.

Xullas, vahdatda va tavhidda naqadar qulaylik, shirkda va zalolatda na-qadar mushkilot borligini angla!

Ikkinchi savol. Ilm nuqtasida cheksiz bir qulaylik ,bordir. Ya’ni, qadar - ilmning bir turi bo’lib, har narsaga ma’naviy va maxsus qolip qilib bir miqdor tayin etadi. Va ul taqdiriy miqdor u narsaning yaralishi uchun bir reja, bir tuzilish hukmiga o’tadi. Qudrat ijod etayotgan vaqtda u taqdiriy miqdor ustida g’oyat qulaylik bilan ijod etadi. Agar u narsa cheksiz azaliy bir ilmning sohibi Qodiyri Zuljalolga berilmasa, boshda aytganimizdek, minglab mushkilot emas, balki yuzlab mahollar o’rtaga chiqadi. Chunki u miqdori qadariy va miqdori ilmiy bo’lmasa, minglarcha tashqi va moddiy qoliplar kichkinagina bir hayvonning jasadida iste’mol etilmog’iga to’g’ri keladi.

Аудио мавжуд эмас