Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 20
(1-20)

Boshqasi - insho va san’at iladir. Ya’ni, kamoli hikmatini va ko’p ismlarining jilvalarini ko’rsatishdek juda nozik hikmatlar uchun koinot unsurlaridan bir qism mavjudotni insho etadi. Har amriga tobe’ bo’lgan zarrotlarni va moddalarni Razzoqiyyat qonuni ila ularga yuboradi va ularda ishlattiradi. Ha, Qodiyri Mutlaqning ikki tarz - ham ibdo’, ham insho suratida ijodi bor. Borni yo’q etmok va yo’qni bor etmoq Uning eng qulay, eng oson, balki doimiy va umumiy bir qonunidir. Bir bahorda uch yuz ming zihayot navli maxluqotning shakllarini, sifatlarini, balki, zarrotlaridan boshqa butun kayfiyat va ahvollarini ham yo’qdan bor etgan bir qudratga qarshi, yo’qni bor etolmaydi, degan odam o’zi yo’q bo’lishi kerak.

Tabiat fikridan voz kechgan va haqiqat tarafiga o’tgan zot bunday deydi: "Janobi Haqqa zarralar sonsanog’i qadar shukr va hamdu sano aytamanki, kamoli iymonni qozondim. Bahima va zalolatlardan xalos bo’ldim. Va hech qanday bir shubham ham qolmadi...

سُبْحَانَكَ لاَعِلْمَ لَنَاۤ اِلاَّ مَاعَلَّمْتَنَاۤ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

Аудио мавжуд эмас