Shunday, Vahdatda nihoyasiz qulaylik va zalolatu shirkda cheksiz bir mushkilot borligining yana bir sirini angla,
وَمَآ اَمْرُ السَّاعَةِ اِلاَّ كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ
oyati naqadar haqiqatli, to’g’ri va yuksak bir haqiqat ifoda etganini bil!..
Uchinchi savol. Avvaldan dushman, hozir esa do’st bo’lgan, hidoyatga erishgan inson bunday deydi: zamonamizda juda ilgarilab ketgan faylasuflar: "Hechdan hech narsa ijod qilmaydi va hech narsa yo’q qilinmaydi. Faqat, bir tarkib bir tahlildirki, Koinot fabrikasini shu ishlatib turibdi", deydilar.
Al-javob. Mavjudotga Nuri Qur’on ila nazar solmagan faylasuflarning eng ilgarilab ketganlari ham bu mavjudotning tabiat va sabablar vositasi ila tashakkul etilishini va vujudga kelishini yuqorida isbotlaganimizdek, qabul etib bo’lmas darajada mushkilotli ko’rganlaridan ikki qismga ayrildilar.
Bir qismi so’fastoiy bo’lib, insonning xossasi bo’lgan aqldan chekinganlari tufayli ahmoq hayvonlardan ham tuban ketib, Koinotning vujudini, hatto o’zlarining vujudlarini ham inkor etib, ya’ni, zalolat maslagida sabablarning va tabiatning ijod sohibi bo’lmog’ini ko’p o’ng’ay ko’rganliklari bois o’zlarini ham, Koinotni ham inkor etib, mutlaq jaholatga tushganlar.
Ikkinchi guruh ham qarasa, zalolatda, sabablar va tabiatning yaratuvchiligida bir pashsha yoki bir danakning ijod hilinishida ham hadsiz mushkilot bor. Va ularni aql yo’lidan tashharida bir iqtidor keltirib chiqaradi. Shuning uchun majburan ijodni inkor etarlar. "Yo’qdan bor bo’lmaydi", derlar va yo’q bo’lishni ham mahol ko’rarlar: "Bor narsa yo’q bo’lmaydi", deya hukm etarlar. Faqat zarralarning harakatlari va tasodifiy shamollar tufayli birikish, tarqalish va to’planish shaklida bir e’tiboriy vaziyat bor, deya xayol qiladilar. Xullas, sen kel, ahmoqlikning va jaholatning eng tubida o’zini eng yuksak aqlli deb o’ylagan odamlarni ko’r va zalolat insonni naqadar masxara va tuban va o’ta ilmsiz qilganini bil, ibrat ol! Ajabo, har yili to’rt yuz ming navni birdan zamin yuzida ijod etgan va osmon bilan yerni olti kunda va olti haftada yaratgan, har bahorda koinotdan yanada san’atli, hikmatli jonli koinotni insho etgan bir Qudrati Azaliy, bir Ilmi Azaliyning doirasida rejalarni va miqdorlarni maydonga chiqargan mavjudoti ilmiyyani ko’zdan nixon hilguvchi bir ajzo bilan yozilgan va ko’rinmas yozuvni ko’rsatish uchun surilgan bir dori misolidek, g’oyat qulay u ma’dumoti xorijiy bo’lgan ilmiy mavjudotga zohiriy vujud bermoqni Qudrati Azaliyyadan uzoq deb bilish va ijodni inkor etish avval ko’rganimiz so’fastoilar guruhi ishidan ham battar ahmoqona va johilona ishdir. Bu badbaxtlarning qo’llarida mutlaq ojiz va yolg’iz bir juz’iy ixtiyordan boshqa narsa yo’q, ularning fir’avnlashgan nafslari hech bir narsani yo’q eta olmagani va hechlikdan yaratish ular ishongan sabablarning va tabiatning qo’lidan kelmasligi uchun ahmoq bo’lib: "Yo’qdan bor bo’lmas, bor narsa yo’q bo’lmas", deydilar va bu botil, xato dasturni Qodiyri Mutlaqqa to’nkashni istaydilar. Ha, Qodiyri Zuljalolning ikki tarz ijodi bor:
Biri - ixtiro va ibdo’ bilandir. Ya’ni, hechlikdan, yo’qdan vujud yaratadi va unga lozim bo’lgan barcha narsani hechlikdan ijod etib, qo’liga tutqizadi.