Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 17
(1-20)

Ikkinchi savol. Tabiatdan voz kechgan va iymonga kelgan zot bunday deydi: har jihatda va har ishda va har narsada va har sha’nda har mavjudning Ilohiy iroda va Rabboniy qudratga tobe’ bo’lishi juda azim bir haqiqatdir. Azamati jihatidan bizning tor zehnlarimizga sig’ishmaydi. Vaholanki, biz ko’zimiz bilan ko’rib turgan bu benihoya mo’llik, ham xilqat va narsalarni yaratishdagi g’oyat osonlik, ham avvalgi dalillaringiz bilan haqligi ko’ringan vahdat yo’lidagi ijodi ashyoda nihoyat darajada qulaylik va osonlik, ham nassi Qur’on ila bayon etilgan

مَا خَلْقُكُمْ وَلاَ بَعْثُكُمْ اِلاَّ كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

وَمَآ اَمْرُ السَّاعَةِ اِلاَّ كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

kabi oyatlar ochiq-oydin namoyon etgan benihoya qulaylik ul azim haqiqatni eng maqbul va eng ma’qul bir masala ekanini ko’rsatadi. Bu qulaylikning siri va hikmati nimada?

Al-javob. Yigirmanchi Maktubning O’ninchi Kalimasi bo’lgan

وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ izohida u sir g’oyat ochiq va qat’iy va ishonarli bir tarzda bayon etilgan. Xususan, u maktubning ilovasida yanada ziyoda oydinlik bilan isbot etilganki, butun mavjudot Soni’i Vohidga berilgan vaqtda birgina mavjud hukmida qulaylashadi. Agar Vohidi Ahadga berilmasa, birgina maxluqning ijodi butun mavjudotning ijodi qadar mushkullashadi va bir urug’ bir daraxt qadar mashaqqatli bo’ladi. Agar Soni’i Haqiqiysiga berilsa, koinot bir daraxt kabi va daraxt bir urug’ kabi va jannat bir bahor kabi va bahor bir chechak kabi qulaylashadi, yengillik paydo qiladi. Va ko’zga ko’ringan cheksiz mo’llik va arzonlikning, har turning oson mo’l-ko’l bo’lishining va juda yengillik va tezlik bilan intizomli, san’atli, qiymatli bo’lgan mavjudotning qulaygina vujudga kelishi sirlarini ochiqlaydigan sabab bo’lgan va hikmatlarini ko’rsatadigan, boshqa risolalarimizda batafsil bayon etilgan yuzlab dalillardan bir-ikkitasiga muxtasar ishora qilamiz. Masalan, yuz askarning bir zobit irodasiga topshirilishi bir askarning yuz zobit irodasiga topshirilishidan yuz daraja qulayroq bo’lgani kabi, bir lashkarning askariy jihozoti bir markaz, bir qonun, bir fabrika va bir podshohning amriga topshirilsa, xuddi son jihatdan bir askarning jihozoti qadar qulaylashadi. Aksincha, bir askarning askariy jihozoti boshqa markazlarga, boshqa fabrikalarga, boshqa qo’mondonlarga havola etilishi xuddi lashkarning jihozoti qadar son jihatdan mushkulotli bo’ladi. Chunki birgina askarni ta’minlash uchun butun lashkarni ta’minlay oladigan fabrikalar kerak bo’ladi.

Аудио мавжуд эмас